3-Mavzi;Muskul sistemasi. Muskullarning rivojlanishi. Reja


Download 177.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi177.15 Kb.
#1832242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Maruza

Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi 
vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish 
harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat 


qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir 
qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli 
harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional 
holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi. 
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga 
bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning 
och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda 
joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron 
mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks 
taqsimlanganligi bilan farq qiladi. 
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni 
qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan 
uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining 
yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki 
qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan 
yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha 
muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin. 
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, 
yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon 
muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, 
funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, 
bukuvchi muskullar va hokazo
, ikki boshli va hokazo. 
Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari 
va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo. 
Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq 
muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida 
organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) 
odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq 
muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning 
faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining 
kengayib-torayishi va hokazo. 


Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul tolalaridan 
tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-
miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning 
asosiy funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop ostida birin-
ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I 
harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan 
bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil 
nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi. 
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga 
elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar 
sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, 
miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq 
qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz 
disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari 
bilan ta’minlangan. 
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Muskulning har bir 
santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, 
mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning 
muskullari baquvvat bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va 
moddalar almashinuvi kuchayadi. 
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi yoki qisqaradi. 
Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir 
bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur 
muskul) bo‘ladi. Muskullar bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va 
antagonist muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. 
Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida bukish 
harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. 
Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli 
antagonistdir. U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi. 
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi. Masalan, birinchi tartib, 
ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, 
ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining 


saqlanishi. Bu richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining 
vazni oldingi yelkada

ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng bo‘ladn. Buni 
quyidagicha ifodalash mumkin. 
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik kuchi. Bunday 
richagda normal muvozanat saqlanadi. 
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada 
bo‘ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda qatnashuvchi 
muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi. 
Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, lekin og‘irlik kuchi ikkinchi chetda 
bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish kuchi 
o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, 
tirsak bo‘g‘imida qo‘lni bukib, panjada yuk ko‘tarish. 

Download 177.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling