3-mavzu : Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi reja: Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi 2
Download 40.86 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONSЕPTUAL JADVAL
YОZMA VA OG’ZAKI “DAVRA SUHBATI”
Yozma “Davra suhbati” – bu birgalikdagi o’qitish metodi bo’lib, bunda qog’oz va ruchka doimo aylana bo’ylab, o’yin ishtirokchilarining kichik guruhi orasida uzatib turiladi. Misol uchun, sheriklardan bir qandaydir g’oyani yozib, keyin varaqni chap tomonidagi sherigiga uzatadi. U o’sha g’oyaga o’zining qandaydir mulohazalarini qo’shadi va vraqni keyingi kishiga uzatadi. Ushbu rusum-qoidaning boshqa variantida har bir ishtirokchi yozuvini o’zining rangi bilan yozadi. Bu umumiy fikrni shakllantirishda qo’shilgan hissani ko’rinarli darajada ko’rsatib turadi va o’qituvchiga tushunishga va har birining ishtirokini qayd qilishga yordam beradi. Og’zaki “Davra suhbati” – bu birgalikda o’qitish metodi bo’lib, oldingisiga o’xshaydi, faqat u og’zaki shaklda o’tkaziladi. Har bir ishtirokchi navbati bilan oldingi odam aytgan fikrni ilg’ab oladi va rivojlantiradi. KONSЕPTUAL JADVAL Uchta va undan ko’p jihatlar yoki savollarni taqqoslash taqozo etilganida ushbu metod, ayniqsa foydali bo’ladi. Jadval quyidagicha tuziladi: vertikal bo’yicha taqqoslanadigan narsalar, gorizontal bo’yicha esa, ushbu taqqoslash bajariladigan xususiyat va xossalar joylashtiriladi. Masalan, konseptual jadval orqali Hindistondagi tabaqalarni taqqoslab ko’rsatish mumkin.
T-CHIZMA T-chizma munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha/yo’q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash-zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Masalan “Xorazmshohning mudofaa rejasi” matnini “tarafdor va qarshi” tamoyiliga asoslanib o’qilganidan so’ng, bir juft talaba quyida keltirilganidek, T-chizmani tuzishi va besh daqiqadan keyin, chizmaning chap tomonida Xorazmshohlar davlatining saqlanib qolishi uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlarni yozishi mumkin. So’ngra besh daqiqa mobaynida ular bu fikrga qarshi iloji boricha ko’p sababni keltirishlari kerak. Ana shu vaqt oxirida ular yana besh daqiqa mobaynida o’z T-chizmalarini boshqa juftlik chizmalari bilan taqqoslashlari mumkin.
Download 40.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling