3-mavzu : Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi reja: Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi 2
Download 40.86 Kb.
|
3-maruza
Chaqiriq bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlar, o’zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish anchagina kuchli bo’ladi. Chaqiriq bosqichida faoliyatning bir nechta bilim beruvchi muhim turlari amalga oshiriladi. Birinchidan, o’rganuvchi mazkur mavzu to’g’risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o’z bilimlarini tahlil qilishga va tez orada batafsil ko’rib chiqiladigan mavzu haqida o’ylashni boshlashga majbur etadi. Boshqa ikkita bosqich tushuntirilganidan keyin dastlabki harakatning ahamiyati ravshanroq bo’ladi.
Talabalarni bilganlari to’g’risida o’ylashlariga ko’maklashish, qiziqish uyg’otish amalga oshadi. Talabalar yangi bilimlar qo’shilishi mumkin bo’lgan o’z bilimlarining darajasini aniqlaydi. Agar bilim odam bilgan va tushunganlar kontekstida olingan bo’lsa, puxta bo’ladi. Agar axborot talabaga oldingi bilimlar bilan bog’lanmasdan berilsa, u tez yo’qolib ketadi. Ta’lim jarayoni – yangilarni ma’lum bo’lganlar bilan bog’lash jarayonidir. Talabaning yangi tasavvurlari ilgarigi bilimlari va tasavvurlari asosida quriladi. Talabalarga ilgarigi bilim va tasavvurlarini tiklashga yordam berib, yangi axborotlarni uzoq muddatga tushunish uchun keng asoslar yaratish mumkin. Chaqiriq bosqichining ikkinchi maqsadi – o’rganayotganlarni faollashtirishdan iboratdir. Ta’lim – intilish talab etadigan aktiv faoliyatdir. Talabalar yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi axborotga tanqidiy yondashishlari uchun ta’lim jarayonida faol qatnashishlari kerak. Talaba belgilangan maqsad asosida o’ylab, fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o’ziga va sherigiga) og’zaki yoki yozma nutq yordamida, faol fikrlash orqali sodir bo’ladi. Shunday qilib, ilgari olingan bilimlar anglash darajasiga olib chiqiladi. Endi ular yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun negiz bo’lishi mumkin. Bu esa talabalarga yangi axborotni avval bilganlari bilan samarali bog’lashga imkoniyat beradi, chunki chunki tushunish uchun kontekst paydo bo’ldi. Chaqiriq bosqichining uchinchi maqsadi – bunda taklif etilgan mavzuni ko’rib chiqishga qiziqish tug’diriladi va maqsad aniqlanadi. Qiziqish va maqsadning bo’lishi talabalarning faolligini yanada oshiradi. Maqsadni aniqlash ta’limda eng muhimdir. Maqsad ikki xil bo’ladi: o’qituvchi tomonidan yoki taklif etilgan matnda qo’yilgan maqsad va talaba mustaqil ravishda tanlab olgan maqsad. Mustaqil ravishda tanlangan maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan maqsadlardan kuchliroq bo’ladi. Shaxsiy qiziqish shaxsiy maqsadni belgilaydi. Agar barqaror qiziqish bo’lmasa, o’kuv faoliyatining motivatsiyasi pasayadi. Umuman olganda talaba o’z savollariga javob olishi orqali haqiqiy tushunishga erishadi. Download 40.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling