3-mavzu : Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi reja: Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi 2


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim quyidagi tamoyillarga tayanadi


Download 40.86 Kb.
bet6/14
Sana08.11.2023
Hajmi40.86 Kb.
#1755158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-maruza

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim quyidagi tamoyillarga tayanadi:

  • shaxsning mavqyei tan olinadi, sub’ektiv tajriba tarqatuvchi sifatida o’quvchi faol qatnashadi va o’z-o’zini baholaydi;

  • Ta’lim jarayonida har bir o’quvchining sub’ektiv tajribasi ko’zda tutiladi;

  • o’quvchining shaxs sifatida rivojlanishi faqatgina uning me’yoriy faoliyati bilan shug’ullanishdangina qoniqmaydi, doimiy ravishda tajriba orttirib o’z qobiliyatini rivojlanish manbaisini kengaytirib boradi.

Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan ta’limni sub’ekt ta’limidek aniqlash mumkin, chunki u tashkil etilish, aniqlanish va rivojlanishga muhtoj.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish quyidagi shart-sharoitlar va talablar bilan qondirilishi kerak:

  • Ta’lim jarayonida barcha sub’ektlarni rivojlantirish, o’quvchilar ustalar, o’qituvchilar, boshqaruv personali uchun sharoit yaratib berish;

  • ta’lim jarayonida shaxsning kasbiy kerakli zarur xislatlariga e’tibor berish va ularni rivojlantirish;

  • shaxsni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik va psixologik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish. Ta’lim sub’ektlarini himoya qilish, o’quvchilar yutib chiqishlari uchun vaziyatlar tashkil etish.

  • ta’lim sub’ektlarini kasbiy rivojlantirish uchun o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish, doimiy va tez tashxisini tashkil etish;

  • tabaqalashtirilgan ta’limni rivojlantirish, chunki u o’quvchining o’zini aniqlashida va rivojlanishida katta rol o’ynaydi va keng miqyosda tadbiq etiladi;

  • keng ko’lamda sharoitlar yaratilish, ko’p amaliy ish bajaruvchi ustaxonalar, laboratoriyalar, o’quv xonalari tashkil etish;

  • shaxsning asosiy xususiyatlarini, shuningdek bo’lajak mutaxassisning kasbiy xislatlarini belgilash.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni. Hozirgi ta’lim mazmunidagi an’anaviy tadbirlar shaxsning to’liq rivojlanishini to’liq ta’minlay olmaydi. Shaxsga yo’naltirishning qiyinlashib qolganiga o’quv rejalar, dasturlarning murakkablashgani ham sabab bo’ladi. Ta’lim jarayoniga o’zgartirish kiritilib bir kasb sohasida turli xil mutaxassisliklar tashkil etish kerak bo’ladi va shunday qilish lozim.
O’quv dasturi hujjatlari tuzilishiga bejirim modellashtirilgan o’zgartirish kiritish mumkin. Ushbu tuzilishning loyihasini tuzayotganda har bir blokning avtonomligini hisobga olish zarur. Bloklarga o’zgartirish kiritib, ularni kerakli vaqtda almashtirish mumkinligini ko’zda tutish lozim. O’quvchilarga didaktik o’quv-hunar bloklaridan xohlaganlarini tanlash uchun imkoniyat yaratish kerak, chunki ular o’zlari olayotgan ta’limning mazmuni loyihasini mustaqil ravishda tuzadilar. Ushbu loyihalarni tuzishda o’quv me’yoriy hujjatlari va keng tarqalgan ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanadilar. Asosiy diqqat mustaqil va kooperativ o’qishlarga qaratiladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmunini texnologiyalashtirishda o’quv va didaktik materiallar o’quvchi shaxsini nazoratga olish ishlarini qaytadan ko’rib chiqishni ko’zda tutadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni axborot – so’rovnomalar bilan qoniqib qolmay, muammoli matnlar, bir-biriga zid ma’lumotlar, noaniq vaziyatlarni ham o’z ichiga olishi zarur. Albatta, o’quv dasturida mustaqil ishlashga ham yordam beradigan: turli tavsiyalar, ma’noli jadvallar, ko’rsatmalar bo’lishi lozim. O’quv materiallari o’z ichiga o’quvchilarning sub’ektiv tajribasi va ularda ro’y beradigan o’zgarishlarni qamrab oladi.
Texnologiyalashtirish o’quvchiga o’quv materialining mazmunini o’zi tanlashiga yordam beradi. Ta’lim texnologiyasi, usullarini tanlashga imkoniyat yaratiladi.
Ta’limning bunday o’zlashtirilishi an’anaviy o’qitishdan uzoqlashish, o’quvda yaxshi samara kuzatiladi. Kengaytirilgan bunday o’quvlar ochiqchasiga bo’lishi kerak.
Albatta, bu yerda pedagogning ham ish sur’ati o’zgaradi. Pedagogning roli esa faqat maslahatchi bo’lib qoladi.
Biz bugungi kunda shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirishda qo’llaniladigan muammoli, modulli va kompyuterli o’qitish texnologiyalarining mohiyati, mazmuni va o’quv jarayoniga qo’llash imkoniyatlari to’g’risida batafsil to’xtalamiz.



Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling