3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari


Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi


Download 209.5 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2023
Hajmi209.5 Kb.
#1466868
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu.Mar\'uza matn

Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazishni ta’minlovchi tarmoqlar va korxonalarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda oziq-ovqat, go‘sht va sut, baliq, un va don mahsulotlari, paxta sanoati, ozuqa sanoati ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, ushbu sektor qisman qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi va umumiy ovqatlanish sanoatini o‘z ichiga oladi. Agrosanoat majmuasining uchinchi sohalari qishloq xo‘jaligi xom ashyosini birlamchi sanoat qayta ishlashini, ularni sotib olish va saqlashni, shuningdek, xom ashyoni ikkilamchi qayta ishlashni va ularni iste‘molchiga sotishga tayyorligini ta’minlaydi. Ular tayyor mahsulotlarni saqlash va sotish joylariga yetkazib berishni amalga oshiradilar.
Respublikaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi salohiyatini yanada oshirish, olib borilayotgan islohotlar va zamon talabiga to‘liq javob beradigan ishlab chiqarish, qayta ishlash, standartlash hamda agrobiznes yo‘nalishida konsalting, marketing xizmatlarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan intensiv agrosanoat tizimini tashkil qilish, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyulda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra 2019 — 2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi (3.1-jadval)2.
Mamlakatimizda pronoz ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2021 yilga borib 2018 yilga nisbatan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash 1,84 barobar, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash 5 barobar, sut mahsulotlarini qayta ishlash 2,6 barobarga, baliq mahsulotlarni qayta ishlash 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Amalda 2018 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish 16 153,3 tonna, 2021 yilga borib 17 765,6 tonnaga yetkazish yoki 1,6 mln. tonna ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, oziq-ovqat sohasida dolzarb mahsulot bo‘lgan go‘sht mahsulotlari 2018 yilda 1 409,7 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021 yilda 338 ming tonnaga ko‘paytirish nazarda tutilgan (3.1-jadval).

Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling