3-mavzu. Antropologiyaning yo‘nalishlari
“Shaxs va madaniyat” maktabi
Download 152.84 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strukturalizm
“Shaxs va madaniyat” maktabi
Bu yo‘nalish psixologik antropologiya deb ham nomlanadi. Bu yo‘nalish XX asrning birinchi yarmidan boshlab tarix sohasidagi izlanishlarda muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. “Madaniyat va shaxs” yo‘nalishi tarafdorlari kishilar tamonidan madaniyat shakllarini turli hususiyatlarini jamiyatga berishi mobaynida madaniyatni yanada tezroq rivojlanishiga ta’sir eta oladi deb tushunishadi. Bu nazariya madaniyat integratsiyasi o‘sishi mexanizmi borasida izlanishlar olib boradi. Bu nazariyaga go‘daklik va ilk bolalikdagi kechinmalar orqali shaxs shaklanadi deb ta’kidlovchi neo-Freyd psixologiyasi ta’sir qilgan. Keyinchalik bu maktabni rivojlantirgan olimlar madaniyatlar orqali milliy xarakterni o‘rganishga urinib ko‘rishdi. Izlanishlar mobaynida antropologlar stimullar, shaxs tizimi, impulslar, his qilish yo‘nalishi, munosabatlar cho‘qqisi kabi psixologik tushunchalarni qo‘llashdi. “SHaxs va madaniyat” yo‘nalishi namoyondalaridan Bronislav Malinovskiy va Margaret Mid psixologik ko‘rinishlar madaniyat o‘zgarishi bilan o‘zgarib 3 Introduction to Sociocultural Anthropology. - page 43-44. boraveradi deb tushuntirishga urinib ko‘rishdi. Voyaga etgan shaxslarda bolalikda ko‘rgan bilganlari keyinchalik uning madaniyatida aks etadi deb tushuntirishadi. Bugungi kunda “madaniyat va shaxs” yo‘nalishi quyidagi kabi mavzularning qiyosiy-madaniy tadqiqotlariga katta e’tibor qaratgan: • ijtimoiy-tuzilmaga oid, shuningdek madaniyatning qadriyatga oid barqaror tarkibiy qismlarini hamda ijtimoiylashtirishning stereotip, modal, va aynqisa birlamchi (bolalar misolida) namunalarini qiyoslash; • ijtimoiylashtirishning madaniy stereotiplarini shaxsning o‘zini tutishida, o‘zaro ijtimoiy munosabatlarida namoyon bo‘ladigan modal, bazaviy tuzilmasi xususiyatlari bilan qiyoslash; • shaxsning bazaviy jihatlarining ijtimoiy zarur bo‘lgan vazifalar, ijtimoiy- madaniy rollarning mohiyati, madaniyatning projektiv jihatlari bilan aloqasi; • shaxsning bazaviy jihatlari hamda madaniy namunalarini ijtimoiy jihatdan qabul qilingan me’yorlaridan og‘ish (ularning har qanday ko‘rinishida) va ruhiy nuqsonlar bilan qiyoslash. Strukturalizm Strukturalizm antropologiyadagi tadqiq qilishning yangi turlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish madaniyatni tartibiy strukturasini o‘rgatuvchi etnologiya va simvolik antropologiyaga o‘z e’tiborini qaratadi. Strukturalizm antropologiyada fransuz antropologi tomonidan ilgari surilgan. Hususan, u shunday deydi : “ Biz inson tafakkuridagi strukturani topish orqali dunyo borasidagi umumiy qoidalar tartib etishimiz mumkin” . Bu nazariyadagi muammo shundaki, ular jamiyat o‘zgarishlarini statik tarzda tushuntirishlaridadir. Nazariya madaniyatni o‘rnatilgan tartib deb ko‘rib, madaniyatga ko‘nikish darajalarini baholab chiqadi 4 4 Introduction to Sociocultural Anthropology.- page 49. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling