3-mavzu. Antropologiyaning yo‘nalishlari
Download 152.84 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar Evolyusionizm, diffutsionizm, funksionalizm, shaxs va madaniyat, strukturalizm
- Evolyusionizm
3-mavzu. Antropologiyaning yo‘nalishlari Reja: 1. Evolyusionizm va diffutsionizm nazariyalarning antropologiyadagi tutgan o‘rni 2. Funksionalizm antropologiyadagi universial yo‘nalish sifatida 3. “Shaxs va madaniyat” maktabi yo‘nalishi 4. Strukturalizm yangi yo‘nalish sifatida Tayanch tushunchalar Evolyusionizm, diffutsionizm, funksionalizm, shaxs va madaniyat, strukturalizm Bu bo‘limni asosini nazariyalarni mazmunini tushinish deb tushunsak o‘rinli bo‘ladi. Nazariya-faktlarni hususiyatini tabiiy yoki ijtimoiy xodisa bilan bog‘langanlik qonuniyatlarini aniqlashtiruvchi o‘zaro bog‘liq gipotezalar yig‘indisidir. SHuni ham ta’kidlash lozimki , davr talabi bilan “ustuvor” va “tafakkur maktabi” bo‘lgan xulosalarni qabul qilish lozim. Quyida biz antropologiyaga oid nazariyalarning yuzaga kelishi, ularni tushunish va tushuntishlardagi yutuq va kamchiliklarini qisqacha muhokama qilamiz. Evolyusionizm Bu nazariya madaniy va sotsiomadaniy evolyusiya nazariyasi ham deb ataladi. Evolyusionizm atropologiyani tushunish borasida XIX asrning oxirgi choragi davomida asosiy tushuncha deb yuritilgan. Bir qancha olimlar isbotlashlaricha antropologiyaning fan sifatida rivojlanishi evolyusion nazariyani ishlab chiqilishi bilan bog‘liq bo‘lgan . XIX asrda antropologiyada rivojlangan bu nazariyaning “ibtidosi yo‘q evolyusiya” g‘oyasini ishlab chiqqan ikki buyuk vakili E. Teylor va G. Morgan bo‘lgan. “Ibtidosi yo‘q evolyusiya” jamiyatni rivojlanishi va sivilizatsiyasini murakkabligi tadqiq qiluvchi yo‘nalishdir. Bu nazariya jamiyatni bir yoki boshqa evolyusiya va rivojlanishi bosqichlarini tadqiq eta olishi bilan ahamiyatli bo‘lgan. CH. Darvinning evolyusiyasi rivojlanishi Gerbert Spenser, Genri Morgan, Djordj Freyzer kabi olimlarning ilmiy xulosalarini shakllanishiga yordam bergan. Sotsiomadaniy evolyusiyaning umum qabul qilgan mazmuni shundan iboratki – insoniyat jamiyatning sivilizatsiyasi va o‘zgarish jarayoni bilan bir qatorda ularning umumiy madaniy axborotlar zahirasi ham o‘zgarib boradi. Evolyusionizmning asosiy g‘oyasi insoniyat tarixida va sotsiomadaniy tizmlarida oddiylikdan murakkablikga qadar taraqqiy topgan “ibtidosi yo‘q” yo‘nalishdan iboratdir. Evolyusionizm nazariyasida madaniyat vaqt o‘tishi bilan rivojlanadi deb yondashadi. Bu nazariyaning asosiy dastagi shundan iboratki, madaniyatning yuzaga kelishi yuksalishi huddi biologik jarayonlar kabi yuz beradi deb hisoblashidadir. Insoniyat jamiyatining qadim zamonlardan hozirga qadar oddiylikdan murakkiblika qadar rivojlanishini texnologiyasi bilan bog‘laydilar. Bu nazariya “ibtidoiy jamiyatlarning” yangi sotsial va madaniy shakllariga moslashishini atrof-muhit sharoitlarning o‘zgarishi bilan yashab qolishga bo‘lgan kurashning yuzaga kelishi bilan o‘zaro bog‘laydilar. XIX asrda evolyusion nazariya g‘arb jamiyatlarini boshqa jamiyatlardan keyin yuzaga kelgan deb ta’kidlagani uchun etnotsentrizmlar tamonidan tanqidga uchraydi. Bu o‘sha payt siyosatida yo‘lga qo‘yilgan koloniyal jarayonlar va irqchilik g‘oyalari bilan bog‘liqdir. Ularning qarashlari ziddiyatli va ko‘plab isbotlarni talab qilgan. 1 Download 152.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling