3-mavzu. Antropologiyaning yo‘nalishlari
Download 152.84 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksionalizm
Diffutsionizm
Diffutsionizm nazariyasi XX asrning birinchi yarmida rivojlanishni boshlagan bo‘lib, u ham jamiyatning rivojlanishi nima uchun oddiy yoki bir necha xil ekanligini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu nazariya jamiyatlar boshqa bir jamiyatdan madaniy hususiyatlarni o‘zlashtirishi natijasida ijtimoiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi borasidagi nazariyani ilgari suradi. Bu nazariyada 1 Introduction to Sociocultural Anthropology. - page 38- 40. jamiyatlar o‘rtasida iqtisodiyot, diniy qarashlar va madaniy ong kabi tushunchalar o‘zaro tarqalgan va yoyilgan deb tushuniladi. Buni jamiyatlar o‘rtasidagi madaniyat borasidagi ayrim o‘xshashlik bilan izoxlash mumkin. Bu nazariyaning keskin tarafdorlari bo‘lgan Britaniya diffutsionistlari Misr sivilizatsiyasini toifasidagi manbalarni asos qilib olib, boshqa jamiyatlarga asta-sekinlik bilan yoyilgangan deb tushunishadi. Bu nazariyaning zaifligi shundaki, bu ham etnotsentrik ko‘rinishda bo‘lgan. Diffutsionistlar g‘arb jamiyati bo‘lmagan o‘ziga xos quyi turuvchi jamiyatlardir, ularning xalqlari sivilizatsiya rivojlanishiga unchalik xissa qo‘shmagan deb ishonishadi. Biroq bunga qaramay diffutsionizm Misr, YUnoniston, Rim kabi klassik sivilizatsiyasini yuzaga kelishini tushunish borasida bir qator isbotlar keltira olgan. 2 Funksionalizm Funksionalizm anglash usuli sifatida madaniyat tarixining butun tarixi davomida mavjud bo‘lib kelgan. Tana va uning hayotiy ko‘rinishlari odamlarning o‘zaro birgalikdagi hayotining turli jihatlari istiora, o‘xshashliklar, andozalar sifatida xizmat qilib kelgan. XX asr uchun xos bo‘lgan jamiyat va madaniyatni o‘rganishga bo‘lgan funksional yondashuvning ildizlari fransuz olimlari O.Kont va E.Dyurkgeym, ingliz olimlari B.Malinovskiy va A.Radkliff-Braunlarning asarlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Funksionalizmning vujudga kelishi “umumiy sotsiologik qonunlar”ni o‘rnatishga intilishdan kelib chiqqan. Muvofiq ravishda B.Malinovskiy yana “oddiygina ma’lumotlar to‘plash, ta’riflash va tasniflash bilan bog‘liq bo‘lgan fan sifatidagi etnografiya, va maqsadi fenomnlarning qonunlari va izohlarini qurish bo‘lishi mumkin bo‘lgan etnologiya” 1 o‘rtasidasi farqlarni keltirgan, abstrakt nazariyalarni jamiyatning turli ko‘rinishlariga tadbiq qilinishini o‘rgangan. Vazifa va tuzilmaning asosiy konseptlari, ulardan ko‘p hollarda foydalangan va o‘zining 2 Introduction to Sociocultural Anthropology. - Рage 41. ijtimoiy tizim g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan organik o‘xshashliklarni keltirib chiqargan G.Spenserdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilgan. Bu nazariya jamiyat madaniyati bir butunlikdagi ikki funksional va disfunksional qismlardan tashkil topgan deb hisoblaydi. Bu nazariya jamiyatni murakkab tizim sifatida ko‘rib, yuqoridagi qismlar qat’iylik va birdamlikni tashkil etsa, jamiyatning hayotidagi ijtimoiy xulq-atvor barqaror tarzda davom etadi. Barcha ijtimoiy strukturalar jamiyat harakatini ta’minlaydi. Britaniya antropologlari Radkliff Braun va Bronislav Malinovskiylar fuksionalizmda ikki nazariyani ilgari suradi: Strukturaviy funksionalizm - ijtimoiy strukturalarning turli elementlari jamiyatdagi ijtimoiy tartib va muozanatni saqlab turish borasida ustunlik qiladi deb tushunish. Psixologik funksionalizm – shaxsning ruhiy holatidan kelib chiqqan ehtiyoj jamiyat tamonidan qondiriladi deb tushunish Ijtimoiy va madaniy hodisalarni funksionalistik (vazifaga oid) jihatdan izohlashda vazifa konsepsiyasining o‘zi odamlarning tashqi muhitga yo‘naltirilgan harakatlarining biologik va ruhiy asoslarini nazarda tutadi. Oxirgisi nafaqat ekologik o‘lchamlarni, balki inson tomonidan yaratilgan ob’ektlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, funksiya (vazifa) konsepsiyasida texnologiyalar, jumladan mashina texnologiyalari ham ijtimoiy-madaniy o‘zaro munosabatlar mahsuli va vositasi, odamlarning ehtiyojlari va talablarini qondirilishi imkoniyatini yaratuvchi, ijtimoiy va madaniy tizimlar tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlarni belgilab beruvchi madaniyatni etkazish vositalari sifatida ahamiyatli o‘rin tutadi. SHunday qilib, “muayyan uyushma hayotida har bir madaniy element o‘z o‘rniga ega va alohida vazifani bajaradi, deb hisoblanadi. Mazkur vazifalarni aniqlash fanning “ijtimoiy fiziologiya” deb atash mumkin bo‘lgan maqsadi hisoblanadi. Funksional usulning dastlabki postulati shundan iboratki, barcha jamiyatlar va madaniyatlar uchun bir xil bo‘lgan umumiy “fiziologik”, yoki funksional qonunlar mavjud. Funksional usulning maqsadi mazkur umumiy qonunlarni aniqlash va ularni har qanday madaniyatning har qanday elementi yordamida izohlashdan iborat». Funksionalistik nazariyaning kamchiligi shundaki, nima uchun jamiyat bir hil yoki turlicha ekanligi tushuntirib bera olmaganligida. Funksionalist antropologlar dunyo tartibga kelishida raqobat va ziddiyatga kamroq e’tibor berishgan deb faraz qilish mumkin. Bu nazariya jamiyatni barqaror va o‘zgarmarmas deb ko‘rib, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni tushuntirib bera olmadi. SHu kamchiliklarga qaramasdan funksionalizm atropologiyada empirik tadqiqotlarga katta xissa qo‘shgan. 3 Download 152.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling