3-Mavzu Atom absorbsion spektrofotometriya
-rasm. C-l15 spektrofotometrini funksional sxemasi
Download 0.98 Mb.
|
3-Mavzu Atom absorbsion spektrofotometriya (T)
2.41-rasm. C-l15 spektrofotometrini funksional sxemasi:
1-o’zgartirgich; 2-logarifmator; 3-ajratuvchi kuchaytirgich; 4-dastlabki kuchaytirgich; 5-foto qabul qilgich; 6-monoxromator; 7-optik blok; 8-spektral lampa; 9-ko‘zgu; 10-amortizator. Asbobning spektral diapazoni 190-860 nm. Yo’l qo’yiladigan xatoligi ±0,5 nm. gacha. Ta’minlash 220 V, 50 Gs elektr tarmog’idan amalga oshiriladi, asbobning iste’mol quvvati esa 0,35 kV.A gacha. Asbobning o’lchamlari 1010x500x710 mm, og’irligi 140 kg. Chet el spektrofotometrlaridan ultrabinafsha va ko’rinadigan yorug’likda tadqiqotlash uchun «Besman» firmasining (Avstriya) mikrokompyuterli DU asbobi ishlatiladi. Asbobni spektral diapazoni 140-900 nm, o’lchamlari 1150x670x470 mm. Spektrni infraqizil sohasida tadqiqotlash uchun «Besman» firmasini FT seriyadagi spektrofotometrlari va SPEN seriyadagi atom-absorbsion spektrofotometrlaridan foydalanish mumkin. 360, 370, 400 modeldagi atom-absorbsion spektrofotometrlar «Perkin-Elmer» firmasi (Angliya) tomonidan ishlab chiqariladi va 190-870 nm spektral diapazonga ega. Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish uchun ularning dastlabki quruq yoki nam usullarda kullantirish zarur bo’ladi. Bu usullar o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Nam kullantirishda namunani kuydirish uchun ishlatiladigan kislota bilan tahlil etilayotgan eritmaga qo’shimcha miqdorda mineral elementlar kiritiladiki, ular miqdoriy natijalarga ta’sir qiladi. Shuning uchun ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlari uchun ehtiyotkorlik bilan o’tkaziladigan quruq kullantirishni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Namunalarni tahlilga tayyorlashda mikroelementlar organik erituvchilar yordamida ekstratsiya qilinadi. Organik erituvchilarni mikroelementlar konsentratsiyasi optimal chegaradan past bo’lganda ham qo’llash mumkin. Bundan tashqari, organik erituvchilar suvli eritmalarga nisbatan atom-absorbsion usul sezgirligini oshiradi. Shuning uchun darajalangan grafiklarni tuzishda etalon eritmalar organik erituvchilarda tayyorlanishi kerak. Namunalarni tahlilga tayyorlashda aniqlanayotgan elementlar konsentratsiyasidan kelib chiqqan holda mahsulot namunasi miqdorini aniqlash zarur bo’ladi. Optimal konsentratsiyalarni hisoblash uchun har bir element uchun «sezgirlik» atamasi ishlatiladi. Bu atama 1 % yutilish yaratadigan suvli eritmadagi element konsentratsiyasini ko’rsatadi va mkg/ml da ifodalanadi. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi keng tarqalgan elementlarni aniqlash sezgirligi o’zgarib turadi va bu tahlil o’tkazish sharoitiga bog’liq (2.4-jadval). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling