3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja
Download 1.6 Mb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- TARQATMA MATERIALLAR
- TARQATMA MATERIALLAR 2
- Qanday qilib kompyuterga 2 ta monitor ulash mumkin.
- 1. Bir necha portga ega videokarta orqali.
- 2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir. Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi. Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi. Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi. Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga aylantiradi. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud: — halqasimon; — shinali; — yulduzsimon. Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi. Savol va topshiriqlar Shaxsiy kompyuterlar qanday qurilmalardan tashkil topgan? Sistema bloki nimalardan tashkil topgan? Sistema platasi nima? Unda shaxsiy kompyuterning qanday komponentalari joylashgan? Mikroprotsessor qanday vazifani bajaradi? Qanday xotiralarni bilasiz? Tezkor xotira doimiy xotiradan nimasi bilan farq qiladi? ideoxotira nima? U nima vazifani bajaradi? Tashqi xotira nima? Tashqi xotiralarning qanday turlarini bilasiz? Qattiq disk nima? U nima vazifani bajaradi? Qattiq diskda o`qish va yozish operatsiyasi qanday amalga oshiriladi? Kompakt – diskdagi axborotni o`qish qanday amalga oshiriladi? Monitorlar va ularning xarakteristikasi. Videoadapter nima? U qanday vazifani bajaradi? Klaviatura va undagi klavishlar klassifikatsiyasi. Sichqoncha va uning xizmati. Klaviatura va sichqoncha kursori nima? Ular bir – biridan nimasi bilan farq qiladi? Qanday qurilmalarga qo`shimcha qurilma deyiladi? Printer va ularning xarakteristikalari. Matritsali printerning ishlash qoidasini tushuntring. Printer turlari orasidagi farqlar nimada? Oqimli printerlarning ishlash qoidasi nimadan iborat? Lazer printerlarning imkoniyatlari va ishlash printsiplari. Priter va skanerlarning tasvirlash qobilyatlari qanday birlikda o`lchanadi? Skaner nima? U qanday maqsadlarda ishlatiladi? Modem nima? U qanday funktsiyalarni bajaradi? Manipulyator nima? U qanday maqsadlarda ishlatiladi? TARQATMA MATERIALLAR Kompyuterlarning yaratilishi va rivojlanish bosqichlari. Kompyuterning asosiy qurilmalari haqida ma’lumot. Kompyuterning qо‘shimcha qurilmalari va ulardan foydalanish. Kompyuter arxitekturasi haqida tushuncha. Kompterning doimiy va tezkor xotiralari vazafalari. Kompyuter va uning dasturiy ta’minoti haqida tushuncha. Ikkilik sanoq sanoq sistemasi haqida. Kompyuter qanday tugmalar yordamida qayta yuklanadi? Kursordan keyingi belgini о‘chirish uchun qaysi tugmacha bosiladi? Qaysi tugma dastur bajarilishini tо‘xtatadi? Ekrandagi ma’lumotlar nusxasini chop qilish uchun qanday tugmalar majmuasi ishlatiladi? Klaviaturadagi tugmalar necha guruhdan iborat? TARQATMA MATERIALLAR 2 1. “Kompyuter” sо‘zining ma’nosini tushuntiring? 2. SHEHM larning yaratilishining asosini tushuntiring? 3. IBM PC tipidagi kompyuterlar haqida ma’lumotlar bering? 4. Kompyuterlarning qanday qismlardan tashkil topgan? 5. Kompyuterlar qanday guruhlarga bо‘linadi? 6. Shaxsiy kompyuter deyilishiga sabab nima? 7. Monitor, klaviaturalarning qanday turlari mavjud, ularni tahlil qiling. 8. Shaxsiy kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalarining turlarini tahlil qiling. 9. Kompyuter tizimli blokining asosiy elementlarini tahlil qiling? 10. Shaxsiy kompyuterlarning sifati qanday belgilariga qarab aniqlanadi? О‘z xulosalaringizni keltiring? 11. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari qaysilar va ularning vazifasini izohlang? 12. Tizimli blok qaysi qurilmalardan tashkil topgan? 13. Tizimli plata va uning eng muhim elementlari qaysilar? 14. Tezkor va doimiy xotiralarning vazifalarini farqlang. 15. Diskyurituvchi, qattiq va yumshoq disklarni farqlang. 16. Kompyuter qaysi qurilmasi inson salomatligiga zararli ta’sir kо‘rsatishi mumkin ? 17. Klaviatura necha guruhga ajratiladi, unda tugmachalarning joylanishi hamda vazifalarini tahlil qiling 18. Maxsus va funusional tugmachalarning vazifalarini farqlang va tahlil qiling. 19. Shaxsiy kompyuterlarning qо‘shimcha qurilmalari qaysilar va ularning vazifasini izohlang? 20. “Sichqoncha” manipulyatori, uning tuzilishi va vazifalarini tushuntiring. 21. Printer qurilmasi va uning vazifalari. 22. Skaner va plotter qurilmalarining vazifalarini farqlang. 23. Printer va uning turlarini farqlang. 24. Modem qurilmasi, turlari va ularning vazifalarini farqlang. 25. Magnitli disklar nima va ularning qanday turlari mavjud?
Kompyuterga ikkinchi monitorni ulash uchun, nima qilish lozim? Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi (bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi (bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim: 1. Bir necha portga ega videokarta orqali. Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA,HDMI, DVI bo‘lishi mumkin: Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi. 2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videokartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita. Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling