3-mavzu: Basketbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Download 76 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1564801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMO 3- MA`RUZA

Hujum taktikasi Hujum jamoani asosiy va hal qiluvchi funksiyasi bo'lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o‘yin jarayonini foydali natija bilan yakunlanishiga imkon yaratadi. Hujum taktikasi qanchalik serqirrali bo‘lsa, taktik usullar hajmi qanchalik ko‘p bo'lsa, taktik bilim va ko‘nikmalar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, qulay va foyda keltiruvchi usullarni tanlash hamda ularni qo‘llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi. Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo‘ladi Kirib borish va to‘p uzatmasdan to‘p tashlash. Yorib kirish ham to‘siqlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan o‘zaro harakatlar hisoblanadi. Himoyachilar uchun to‘pni bir-biriga uzatib o‘ynash noqulay bo‘lgan paytda uning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Ta’qib qilinayotgan o‘yinchilar bilan almashgandan ko‘ra yorib kirish himoyadagi o‘yinchilarga raqiblarini muntazam ta’qib qilib turishga imkon beruvchi harakatlarni nazarda tutadi. Buning ikki xil yo‘li mavjud: a) ikkita hujumchi orasidan yorib kirish, b) o‘z sherigi va to‘siq qo‘yayotgan hujumchi orasidan yorib kirish. Hujumchilarning bir-biriga qarshi harakatlanishida to‘p ushlab turgan o‘yinchi orqasidan yurgan himoyachi yorib kirishni amalga oshirish zarur.
Yakka harakatlar. Har bir o‘yinchi maydonda kechayotgan vaziyatni bilishi, uni o‘z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifa doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsiy (individual) harakat qobiliyatini namoyish etishi lozim. Individual taktika to‘psiz va to‘p bilan amalga oshirilishi mumkin. Q‘yinchini to‘psiz harakatlari - himoyachi (raqib) yoki himoyachilarning ta’qibi va zich qarshiligidan qochish va sherigidan to‘p qabul qilish uchun hamda qulay joy tanlab navbatdagi harakatni davom ettirishga qaratiladi. To‘psiz harakatlar raqibni chalg‘itish, uni diqqatini “zaiflashtirish” va to'p bilan harakatlanayotgan o‘z sherigiga qulay yo‘l ochishda qo`llaniladi. O ‘yinchini to‘p bilan harakati - to‘pni o‘yinga kiritishda, to‘pni boshqarish, uzatish va savatga tashlash usullari bilan ifodalanadi. Bunday usullarga to‘pni ilish, urib yuborish, urib yurish, uzatish va savatga tashlash ko‘nikmalari kiradi.
Guruhli harakatlar- ikki yoki uch kishidan iborat o‘yinchilarning o‘zaro kelishilgan va jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni hal qilishga qaratilgan faoliyatini anglatadi. Ikki kishidan iborat o‘yinchilarning o‘zaro harakati - bir necha usullarda (“to‘p uzat - o‘zing chiq”, to‘siq, juftlik”) ijro etiladi “To‘p uzat - o‘zing chiq” usuli - eng oson va samarali xususiyatga ega bo‘lib, to‘pni uzatib, o‘zi raqibni ta’qibidan bo‘sh joyga chiqib, to‘pni yana qabul qilish bilan ifodalanadi. “To‘siq” - zamonaviy basketbolda bu usul zich tashkil qilingan himoyaga qarshi qo‘llaniladigan hujum ko‘nikmasi sifatida xizmat qiladi. Hujum taktikasi tasnifi. Birinchi usul ancha samaraliroq lekin amalga oshirish qiyinroq. Undan hujumchi yaqindan ta'qib qilayotganda foydalanish mumkin va himoyachidan vaziyatni yaxshi nazorat qilishni tezkor hamda qat'iy harakatlarni taqozo etadi. Ikkinchi usulda yorib kirishni bajarishda o'zaro harakatlar muvaffaqiyatini sherikning o'zi ta`qib qilayotgan o‘yinchidan o'z vaqtida bir qadam orqaga chekinishi belgilab beradi. Aynan bo'sh qolgan hudud orqali himoyachi «o‘zining» hujumchisi orqasidan o'tib oladi va pozitsion ustunlikka ega bo’lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sherigining yorib kirishidan so‘ng orqaga chekingan savatdan qaytgan to‘pni ilib va qayta otish. Bir qarashda, halqa tagida turib to'p tashlashlar juda osondek tuyiladi. Biroq, shunday lahzalar bo‘ladiki bunday tashlashni bajarish juda qiyin bo‘lib qoladi. Savat tagida turib to‘p tashlash qiyinchiligini oshiruvchi elementlariga himoyachining bosimini, muvozanatning yo‘qligini yomon burchak hamda fol bilan bog‘lash bolgan harakatlarni, tashlanadigan to‘pni to‘sib qo‘yishi ehtimoli kiritish mumkin. Biroq, agar o‘yinchi to‘pni burchak ostida va tezlik bilan to‘g‘ri mashq qilsa, savat tagidagi (shchitdan qaytgan) har qanday to‘p tashlashlarni istalgan vaqtda bajarishi uchun kerakli jihatni rivojlantira oladi. To‘xtash bilan to‘p tashlash oson o'rganiladigan tashlashlardan biri hisoblanadi va u savat tagida to‘p tashlash bilan birgalikda bajarish mumkin bo‘lgan usullardan biri sanaladi. Bu to‘p tashlash zonada bajariladi va mudofa bosimi ostida bo‘ladi. Undan tashqari bu to‘p tashlash muvozanatini yo‘qotgan o‘yinchini qoida buzishga majbur qilishi mumkin. Basketbolda to‘pni ko‘tarib olish deganda jamoalardan biri savatga to‘p tashlashni muvaffaqiyatsiz bajargandan so‘ng to‘pni egallab olish tushiniladi. Bu atama aslida «rebound» deb ataladi. Basketbolning yozilmagan qoidalaridan biri shunday deydi: «Kimdakim to‘pni ko‘tarib olishda g‘alaba qilsa. U o‘yinda g‘olib bo‘ladi». Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanlarida murabbiylar aynan «boy berilgan shchit»ni muvaffaqiyatsizlik yani mag‘lubiyatning sababi deb kursatishadi. To‘pni ko'tarib olishlarning asosiy ustunligi takroriy hujum uyushtirish yoki aksincha raqibga hujum qilish imkonini bermaslikdir. Bu basketbol elementi to‘g`risida tartib bilan gaplashamiz. To‘pni ko‘tarib olish mohiyati shundaki bunda ancha qulayroq holatga turib qolish va shchitdan yoki halqadan qaytgan to‘pni ilib olish kerak bo‘ladi. eng yaxshisi raqibni to‘pni ko‘tarib olishi uchun har qanday imkoniyatdan maxrum qilishdir. Buning uchun o‘ziga «gorizontal» ustunlik yaratish ya’ni raqibning savat tomonga bo‘lgan yo‘lini to‘sib qo‘yish kerak. Biroq har doim ham buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «vertikal» ustunlikdan ham foydalanish zarur ya’ni maksimai yuqori nuqtada to‘pni olib qo‘yish. Aynan shu sababli baland bo'yli gavdali va sakrovchan o‘yinchilar to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha yetakchilik qiladilar. Birinchilar va ikkinchilar raqibni siqib chiqara oladilar o‘vinchilar esa raqiblaridan oshib o'tadilar.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling