3-mavzu: Basketbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati
Download 76 Kb.
|
SMO 3- MA`RUZA
3-mavzu:Basketbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati. Basketbol o`yinida nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik turlariga oid mashqlar orqali sport mahoratini oshirish bo`yicha nazariy ma`lumotga ega qilish. О`yinni taktik asoslari. O‘yin texnikasi muayyan harakatni mushaklar va bo‘g‘imlar faoliyati asosida maqsadli ijro etishni anglatsa, o‘yin taktikasi shu harakatni raqib qarshiligi ta’sirida qullab foydali natijaga erishishni ifodalaydi. O‘yin taktikasi sportchining intellektual qobiliyati (o‘ng, diqqat, idrok, xotira, iroda va h.k.) ga bog‘liqdir. Basketbolda o‘zicha texnik mazmun, koordinasion “nusxa” va biomexanik tartibda qo'llaniladigan barcha harakat ko'nikmalari hamda ularning turli usullari o‘yin vositalarini ifodalaydi. Ularning kinematik xususiyatlari o‘yin vaziyati, shiddati, yo‘nalishi va o`yinchining holat-imkoniyati (jismoniy va psixofunksional holat imkoniyati) ga qarab turlicha mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur texnik ko’nikmalarni muayyan vaziyatlarda ijro etish va foydali natijaga erishish samaradorligi ustuvor jihatdan shu usullarni qo‘llash taktikasiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda texnik (yoki texnika) usullar - bu ijrochi organlarning (qo‘l, oyoq, tana, ko‘z, quloq va ichki organlar) maxsulidir. Taktika esa shu texnik usul yoki usullarni vaziyat talabiga mos tartibga solib, qulay vaqtda intelektual hislatlarni (ong, xotira, diqqat, idrok, iroda va h) “ishga solib” raqobatli kurashda g‘alabaga erishish san’atini anglatadi. Taktika va texnikaning chambarchas, uzviy bog‘liqligi tufayli basketbol nazariyasi va amaliyotida qo'shma jumla bilan “texnik-taktik harakat” deb yuritishi odat tusiga kirgan. Jamoadagi bir necha o'yinchilarning koordinasion jihatdan muayyan maqsad sari muvofiqlashtirilgan va tartiblashtirilgan texnik — taktik harakatlari shu o‘yinchilarning o‘zaro taktik harakatlari deb izohlanadi. Jamoaning yaxlit (bir butun) taktik harakatlarini esa o‘yin tizimi (tizimi) deb yuritiladi. O ‘yin tizimi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatini anglatadi. О‘yin tizimi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy о‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimi; himoyada shaxsiy o’yin tizimini qo‘llash va h .k ) Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinatsiyalar asosida amalga oshiriladi. Kombinatsiya - hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) o‘yin tizimini anglatadi. Bundan tashqari “o'yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. O ‘yin taktik jihatdan aktiv (faol) va passiv (sust) shakllarda olib borilishi mumkin. O ‘yinni aktiv shaklda olib borilishiga maydon bo‘ylab raqibga nisbatan xavfli vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini korsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o‘zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlarni uyushtirishlar misol bo'la oladi. Passiv shaklda o‘yinni olib borish - bu raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday o‘yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo‘llaniladi, ayrim hollarda bunday o‘yin shakli asabga “tegish” uchun qo‘llaniladi. O ‘yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo'llaniladi: - yakka (individual) harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko‘rsatishni anglatadi; -guruhli harakatlar - bu jamoa oldiga qo'yilgan taktik vazifalarni ikki yoki uch o‘yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlarni ifodalaydi; - jamoali harakatlar - bu jamoaning barcha o‘yinchilari ishtirokida o‘yin oldiga quyilgan taktik vazifalarni amalga oshirish chorasini belgilaydi. O'yinchilarni o‘yin funksiyasi (ixtisosligi) bo‘yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o‘yinchilar quyidagi funksiyalarga (amplua) ixtisoslashgan bo‘ladi: - himoyachilar; forvardlar; markaziy o‘yinchilar. himoyachi o‘yinchilarning funksiyalari: • hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish; pozitsion holatdan savatga to’p tashlash; - raqiblarni tezkor “yorib” o'tib savatga hujum qilish; - himoyada - raqiblarni tezkor kontr hujumini to'xtatish; - o‘z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish. - forvardlar: - keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish; -uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish; - o‘zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujum o`yinchisiga aniq to‘p uzatish qobiliyati hisobiga savat oldiga o‘yin keskinlashtirish; - markaziy hujumchi bilan birga raqib va o‘z shchiti oidida sapchigan to‘pni olib qayta hujum uyushtirish. Markaziy hujumchilar - baland bo‘yli, odatda baquvvat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o‘yinchilar hujumda ham, himoyada ham shchitdan sapchigan to‘plarni olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o‘z shchiti oidida) to‘p yo‘nalishini to‘sish, savatga to‘siq qo‘yish bilan bog‘liq “ishlarni” bajaradi. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling