3-Mavzu: Bilim. Bilimlar ombori va


Download 170.74 Kb.
bet2/10
Sana16.01.2023
Hajmi170.74 Kb.
#1095217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma’ruza№3 3 Mavzu Bilim Bilimlar ombori va ekspert tizimlari

Ma’lumotlarning turlari.


Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo—raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «1025»,...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.

Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi.axborotlar tizimi foydalanuvchilar uchun bunday ma’lumotlar faqat o`lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolgon) «0» qiymatlarini qabul qiladi.

Ma’lumotlarning ko‘rinishlari



Bundan tashqari ikkala ko`rinishda tasvirlab bo`lmaydigan ma’lumotlarni quyidagicha ko`rinishda tasvirlash mumkin:

  1. Bilimlar ombori.


Biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma’lumotlar omborini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilimlar omborini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda muammolarning aksariyati bilimlar omborining umumiy tuzilishi va uni tashqil etuvchi elementlarning o‘zaro bog‘lanish usuliga taalukli bo‘ladi. Umumiy xolda bilimlar omborini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o`xshash bo‘ladi.
Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Bilimlar omborida jamlanadigan ma’lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi.

Har bir sektorda ma’lum qoidalarga ko‘ra ishlatiladigan bilim (ma’lumot)lar bo‘laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma’lumotlardan yakka holda foydalanish, ya’ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: A—matnli axborotlar, V—grafikli axborotlar, S— jadvallar, D—diagrammalar.
Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma’lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin:

    1. Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimi».

    2. Tanlangan mavzuda foydalanuvchini qiziktiradigan aniq savol hosil qilinadi (uni kompyuter tugmachalari orqali kiritish mumkin). Masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimining vazifasi nimadan iborat?»

    3. Belgilangan buyruq kiritiladi.

    4. So`ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga chiqariladi.

    5. «Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil qilish so`raladi.

    6. Download 170.74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling