3-Mavzu: Bilim. Bilimlar ombori va
Bilimlar omborini boshqarish tizimlari
Download 170.74 Kb.
|
Ma’ruza№3 3 Mavzu Bilim Bilimlar ombori va ekspert tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar bazasi.
Bilimlar omborini boshqarish tizimlari.Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko‘rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirsh, abstraksiyalash, modellashtirish, o`xshashliklarni topish va shunga o`xshash boshqa aqliy faoliyat ko`nikmalarini egallashini talab qiladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi. Bilimlar omborini boshqarish usullari bilimlar omborini yaratish bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bilimlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi: bilimlar omboridagi ma’lumotlarga kirish; bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash); kompyuter o`chirilganda yoki dasturlar ishi to`xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi; bilimlar omboridan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-biriga xalaqit bermasligi; bilimlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi. Bilimlar ombori maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar. Hozirgi zamon axborotlash jamiyatining rivojlanishi ma’lumotlarni ortib borishi borgan sayin, ularni tartiblash, ulardan foydalanish, mukammalligini ta’minlash maqsadida, axborot texnologiyasi yangi bir tarmog‘ini yaratilishiga zarurat tug‘dirdi. Ya’ni ma’lumotlarni jamlash, ularni qayta ishlash, izlash amallari, ulardan foydalanish ishlari ma’lumotlar bazasi (MB) tushunchasini olib keldi. Ma’lumotlar bazasi.Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma'lumotlar hajmining tеz sur’atlar bilan oshib borishi 60 yillar boshida maxsus “Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) dab ataluvchi dasturiy komplеksning yaratilishiga olib kеldi. Ma’lumotlar bazasi – biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda ma'lumotlar bazasi - bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma'lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma'lumotlar majmu bo‘lib, u biror bir ob'yеktning xususiyatini, holatini yoki ob'yеktlar o‘rtasidagi munosabatni ma'lum ma'noda tavsiflaydi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma'lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma'lumotlar ustida ish yuritish mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol kеltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma'lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protsеduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma'lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan faylga oldin ma'lumotlar banki, kеyinchalik esa uni “Ma'lumotlar bazasi” dab yuritila boslandi. Ma'lumotlarni boshqarish tizimi, quyidagi xossalarga ega: fayllar to‘plami mantiqiy kеlishuvni quvvatlaydi; ma'lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta'minlaydi; har xil to‘xtalishlardan kеyin ma'lumotlarni qayta tiklaydi; MBBT bir nеcha foydalanuvchilarning parallеl ishlashini ta'minlaydi. MBBT funktsiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan: Download 170.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling