3-mavzu. Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapitalni roli va ahamiyati
-rasm. Ijtimoiy kapitalning iqtisodiyotga ta’siri
Download 86.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu амалий
1.4-rasm. Ijtimoiy kapitalning iqtisodiyotga ta’siri
Iqtisodiy nuqtai nazardan, ijtimoiy kapital bu jamiyatning shaxslararo iqtisodiy aloqalar maydonida shakllangan aloqalar, hamkorlik, o'zaro ta'sir, o'zaro ishonch va bir-biriga yordamdan oladigan kapitallashgan iqtisodiy manfaat va foydasidir.
IJTIMOIY KAPITAL ORTIQCHA BO’LADIMI? Ijtimoiy kapitalning mavjudligi har doim ham yaxshi natijalar beravermaydi. Yaxshi rivojlangan ijtimoiy kapital ba'zan zarar ham keltirishi mumkin: bunda guruh konformizmi (guruhbozlik) deb ataladigan hodisa yuzaga keladi – umumiy g’oyaga shubha qilmaslik kayfiyati ustovorlik qiladi. Guruhda mustahkam hamkorlik aloqalarining o’rnatilganligi xodimlarning befoyda yoki noto'g'ri g'oyalarni qo'llab-quvvatlashiga olib keladi. Do’stona muhitda ortiqcha iliqlikning mavjud bo’lishi xodimlarning bir-birlariga qiyin savollar berishiga to'sqinlik qilishi yoki ko'pincha yangiliklar manbaiga aylanishi mumkin bo’lgan "ijodiy qarama- qarshiliklar"ni yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Va shunga qaramay, aksariyat hollarda rivojlangan ijtimoiy kapitalga ega bo'lish faqat foydali hisoblanadi. Hamjihatlik, jamoaviy ishlash, sadoqat, qat'iyat va fidoyilik kabilar – uning eng muhim afzalliklari (ustunliklari) hisoblanadi. UPS, Hewlett-Packard, Rassell Reynolds, SAS kabi firmalar ijtimoiy kapitalga investitsiya kiritdilar va natijada ular eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilishgan
Ijtimoiy kapital Istitutlar Davlat tomonidan tartibga solinishi Tadbirkorlar va ishchilar uchun rag’batlar Transaksion xarajatlar Iqtisodiyot samaradorligi
hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Ta’kidlash mumkinki, ushbu firmalarning hech biriga ularning bu sohadagi siyosati to’siq bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin. Ijtimoiy kapital "bu jamiyatning yoki uning alohida bir qismining muayyan salohiyati bo'lib, uning a'zolari o'rtasidagi ishonch natijasida vujudga keladi", ya'ni ijtimoiy kapital moddiylashtirilgan ishonch shaklidir. Ishonch aloqa-munosabat o’rnatish turi sifatida insonning dunyoga va o'ziga bo'lgan qadriyatlar tizimi bilan bog'liq hisoblanadi. Odamlar bir-biriga ishongani uchungina amalga oshadigan ko'plab iqtisodiy jarayonlar mavjud. Hamkorlik o'zaro bog'liqlikni vujudga keltiradi va kiritilgan invetsitsiyalar faqatgina sheriklar o'z majburiyatlarini bajarganlaridagina amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish munosabatlariga ham, moliyaviy munosabatlarga ham tegishli hisoblanadi. Va nihoyat, agar jamiyatda ishonch bo'lmasa, bilimlarning jamiyatga kirib kelishini kutish bema'nilikdir. Ishonch har doim ongli tarzda bo'ladi, garchi u tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lsa ham, chunki u ishonch bildirilgan kishiga nisbatan munosabatlarga asoslanadi. Boshqa odam haqida qanchalik chuqurroq va to'liqroq bilimga ega bo'lsangiz, uning xatti-harakatini shunchalik aniqroq taxmin qilishingiz mumkin. Binobarin, bu holatda ishonch darajasi ham yuqoriroq bo'ladi, chunki bu hamkorning ehtimoliy xatti-harakatini oldindan anglash imkonini beradi. Ishonch tushunchasiga bo'lgan axloqiy va falsafiy yondashuv asosida ushbu hodisaning eng muhim to'rt jihatini ajratib ko'rsatish mumkin: 1) ishonch odamlar o'rtasidagi axloqiy munosabatlar sifatida qaraladi; 2) ishonch bir-birini bilish orqali tavsiflanadi; 3) ishonch harakati – bu ixtiyoriy, majburlovchi xarakterga ega bo’lmagan hodisa; 4) ishonch ichki fikr va hissiyotlarni yetkazish orqali amalga oshiriladi. Ishonch darajasi nisbatan yuqoriroq bo'lgan jamiyatda davlat hokimiyatini tan olish darajasi odatda yuqoriroq bo'ladi va shuning uchun tartibni saqlashga sarflanadigan xarajatlari pastroq bo'ladi. Ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilish xarajatlari kamayganligi sababli institutsional islohotlar yengilroq davom etadi. Ishonch nafaqat hissiy va psixologik, balki iqtisodiy kategoriya hamdir. Yaponiya iqtisodiyoti va boshqa "osiyo yo'lbarslari" taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sifatida fuqarolarning bir-birlariga va hokimiyat institutlariga an'anaviy ravishda yuqori ishonchi bilan bog'liq deb aytish mumkin. Sovet iqtisodiy tizimi, aksincha, har doim umumiy ishonchsizlikni boshdan kechirgan:
davlat ishlab chiqaruvchilarga, ishlab chiqaruvchilar davlatga va umuman barchasi birgalikda fuqarolarga ishonmagan. Fuqarolar tomonidan ham xuddi shunday munosabatda bo’lingan. Ishonchning yo'qligi iqtisodiyotdagi qat’iy rejalashtirish bilan qisman qoplab kelingan va natijada samaradorlik pasayib borgan. Download 86.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling