3-mavzu. Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapitalni roli va ahamiyati


-jadval  Ijtimoiy kapitalning turlari


Download 86.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi86.06 Kb.
#245511
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu амалий

1.3-jadval 

Ijtimoiy kapitalning turlari 

Ijtimoiy kapitalning 

shakllanishi darajalari 

Tarkibiy kapital 

Kognitiv kapital 

Makrodaraja 

Davlat institutlari, 

huquqiy normalar, 

mutaxassislar 

hamjamiyati 

Ishonch, ijtimoiy 

qadriyatlar va standartlar 

Mezodaraja 

Davlat va jamiyat 

institutlari, biznes-

Ishonch, ijtimoiy va 

shaxsiy qadriyatlar 



hamjamiyatlar 

Mikrodaraja 

Korxona ichki tarmoqlari

xalqaro tarmoqlar va 

hamjamiyatlar faoliyatiga 

qo’shilganlik 

Ishonch, korporativ 

qadriyatlar va normalar 

 

Ijtimoiy kapital o’zining funksiyalari  bilan  aniqlanadi. U ko'plab  turli xil 

tarkibiy qismlarni o'z ichiga olib, ularni quyidagi ikki  umumiy  xususiyat bilan 

tavsiflanash mumkin: 

1) bir nechta ijtimoiy tuzilmalardan iborat va 2) tuzilma  tarkibi  doirasida 

subektlarning muayyan harakatlarini osonlashtiradi, ushbu subyekt shaxs yoki 

korporatsiya bo'lishidan qat’iy nazar. 

Ijtimoiy kapital, xuddi moddiy kapital singari, zahiralar (jamg’arma) 

ko’rinishida mavjud bo’ladi va u iqtisodiyotga ta'sir eta oladigan qiymatlar oqimini 

yuzaga keltirishi mumkin. Shunday ekan, ijtimoiy kapital jamoaviy  ma'lumot 

almashinish, jamoaviy qarorlar qabul qilish, jamoaviy harakatlarni amalga 

oshirishga  ko’maklashadi.  Moddiy  kapital singari, u ham investitsiyalarni, uni 

muntazam rivojlantirish uchun  davriy  sarmoyalarni  (ijtimoiy aloqalar yoki 

jamiyatda ishonchni mustahkamlovchi maxsus tadbirlar shaklida) talab qiladi. 

Ijtimoiy kapitalning  moddiy  kapitaldan farqi shundaki, u foydalanish 

jarayonida o'z qiymatini yo'qotmaydi, ya'ni amortizatsiya qilinmaydi. Bundan 

tashqari, agar u ishlatilmasa, o'z qiymatini yo'qotadi. Shuningdek, uni individual 

asosda yaratish mumkin emas. U sof ijtimoiy hodisa bo’lib, faqat u yoki bu jamiyat 

(birlashma, uyushma) ichida va u bilan aloqadorlikda mavjud bo'ladi (1.4-rasm). 

Ijtimoiy kapital institutlar orqali iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashadi, 

chunki u tadbirkorlar va boshqa ishtirokchilarni rag'batlantiradi,  transaksiya 

xarajatlarini kamaytiradi.  Transaksiya  xarajatlariga  kelsak, odamlar o'rtasidagi 

o'zaro hamkorlik aloqalarining lokal tarmoqlari axborotlarning narxini pasaytiradi 

va uni olishni  yanada  osonroq  qiladi, ayniqsa ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 

narxlari, shuningdek, bozorlar va yangi imkoniyatlar bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy 

qismida.  Lokal  tarmoqlarning keng tarqalishi va yuqori darajadagi ishonch 

jamoaviy qarorlarni tezkor va samarali qabul qilishga imkon yaratadi  va samarali 

jamoaviy harakatlarni rag'batlantiradi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 86.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling