3-mavzu. Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapitalni roli va ahamiyati


Download 86.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi86.06 Kb.
#245511
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu амалий



3-mavzu. Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapital. 

1.  Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapitalni roli va ahamiyati. 

2.  Ishonch ijtimoiy kapitalning tarkibiy qismi sifatida. 

3.  Ijtimoiy kapitalning iqtisodiyotga ta’siri. 

4.  Korxona ijtimoiy kapitaliga investitsiyalar. 

 

Jamiyat – bu agar biri ikkinchisini qo'llab-quvvatlab turmasa, qulashi aniq 

bo'lgan toshlar to'plamidir. 

Seneka 

Hozirda 


"ijtimoiy kapital" atamasi 

iqtisodiy adabiyotlarda keng 

qo’llanilmoqda. Bu ajablanarli emas: jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida 

iqtisodiyot  tuzilmasining  turi ijtimoiy kapitalning holatiga bog'liq  hisoblanadi. 

Ijtimoiy kapitalning sifati yuqori bo'lgan jamiyat yangi tashkiliy shakllarni joriy 

qilish, ijtimoiy aloqalarning yangi turlaridan foydalanish, yirik ierarxik 

tuzilmalardan kichik firmalarning moslashuvchan tarmog'iga o'tish, 

markazlashtirilgan subsidiyalar va boshqa davlat ko'magisiz yirik ishlab chiqarish 

dasturlarini yaratish va amalga oshirish imkoniga ega  bo’ladi. Boshqacha qilib 

aytganda, biron bir mamlakat rivojlanish strategiyasining  nisbiy  ustunliklarini 

baholashda nafaqat an'anaviy kapital va resurslarni, balki ijtimoiy kapitalni ham 

hisobga olish zarurdir. 

Jahon bankining ta'rifiga ko'ra, ijtimoiy kapital –  bu jamiyatda sifat va 

miqdor jihatdan ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradigan institutlar, munosabatlar 

va normalardir. 

Ijtimoiy kapital nafaqat jamiyatni qo'llab-quvvatlovchi 

(jipsligini, 

birdamligini ta’minlovchi) institutlarning yig'indisi, balki uning turli qismlarini bir-

biriga bog’lab turuvchi “yelim”dir. Bunga insonlar o’rtasidagi gorizontal aloqalar

ijtimoiy tarmoqlar va turli jamoalarning mahsuldorligi va farovonligiga ta'sir 

qiluvchi normalar (me’yorlar) kiradi. 

Birinchi marta "ijtimoiy kapital" atamasi qishloq jamoalarining maktab 

markazlarini o'rgangan L.D.Hanifanning asarlarida paydo bo'ldi

1

. Ushbu atama 



"odamlarning kundalik hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan o’zaro aloqalarni" 

ta'riflash uchun ishlatilgan. Keyinchalik, ijtimoiy kapitalni ilmiy asoslarini 

takomillashtirishga muayyan darajada hissa  qo'shgan  olim D.Jeykobs bo’lib, u 

urbanizatsiyalashgan sharoitda ijtimoiy munosabatlarni o'rgangan. U bu atamani 

                                                           

1

 Hanifan  L.  J.  The  rural  school  community  center  //Annals  of  the  American  Academy  of  Political  and  Social 



Science. – 1916 – 

№ 67. – P. 130–138; The Community Center. – Boston, 1920.: Social capital: civic  community, 

organization and education. http://www.infed.org/ biblio/social_capital.htm 



“Buyuk Amerika shaharlarining hayoti va zavoli” nomli klassik asarida ishlatgan 

va shahar tipidagi eski dahalarda joylashgan ijtimoiy aloqalarning zich tarmoqlari 

jamoat xavfsizligini ta'minlovchi ijtimoiy kapital shaklini yaratgan  deb 

ta’kidlaydi

2



XX asrning 90-yillari oxirlarida Amerika ilmiy hamjamiyatida munozara avj 



oldi, uning asosini ijtimoiy kapitalning pasayishi tendentsiyasi tashkil etdi. 

Amerikaliklarning asta-sekin  o’z-o'zini tashkil qilish (shakllantirish)  qobiliyatini 

yo'qota boshlaganligi R.Putnamning tadqiqotlarida  tasdiqlandi. Agar biz milliy 

ijtimoiy kapitalning hajmini hisoblash uchun ikki ko’rsatkich – ishonch indeksi va 

jamoat birlashmalariga a'zolik ko'rsatkichidan foydalansak, unda XX asrning 

so'nggi o'n yilliklarida turli xil ixtiyoriy uyushma va birlashmalar (ota-onalar 

qo'mitalaridan  tortib  ayollar  maslahat  klublari  va bouling o’yini to’garagi 

klublariga qadar) a'zolarining soni 25-50% ga kamaygan; ishdan tashqari norasmiy 

muloqotga sarflanadigan vaqt chorakka, jamoat tashkilotlaridagi ishlarga 

sarflanadigan vaqt esa qariyb ikki baravarga  kamaygan. Ishonch indeksi 

("Odamlarga ishonish mumkinmi?" degan savolga ijobiy javoblar ulushi) 1979 

yildan beri qariyb uchdan birga kamaygan. 

Tadqiqot davomida olingan ma'lumotlar keyinchalik R. Putnamga ijtimoiy 

kapitalni  fuqarolik  jamiyatining mavjud  bo’lishi  bilan bog'lashga yordam berdi. 

Turli jamoalarning madaniyati va iqtisodiy farovonligining o'zaro bog'liqligini 

o'rganib, u moddiy farovonlik ijtimoiy kapital  rivojlanishining sababi emas, 

aksincha iqtisodiy o’sish  rivojlangan fuqarolik mavjud bo'lgan mamlakatlarda 

yuzaga keladi degan xulosaga kelgan

3



Ijtimoiy kapitalning birinchi bor zamonaviy tizimli tahlilini amalga oshirgan 



olim  P.Burdye  hisoblanadi. U ushbu tushunchani  "haqiqiy yoki potentsial 

resurslarning yig'indisi, qaysikim  kuchli tarmoqqa kiritilishi orqali birlashtirilgan 

yoki  o’zaro majburiyatlar va e’tirofning ozmi-ko’pmi  institutsionallashgan 

munosabatlari"

4

  deb ta'riflaydi. Uning qarashlarida  asosiy muhim jihat, muayyan 



bir  resursni  yaratish  maqsadida  doimiy ravishda guruhlarda qatnashib, individlar 

tomonidan yig’ilib boradigan  foydaga (nafga)  qaratilgan. "Guruhga a'zo  bo'lish 

orqali to'planadigan foyda kelgusidagi birdamlik uchun asos bo’lib xizmat qiladi"

5



Burdye ta'rifidan ma'lum bo'ladiki, birinchidan, ijtimoiy munosabatlar shaxslarning 

                                                           

2

 Jacobs J.  The Death and Life of Great American Cities. – N. Y., 1961. – P. 138. 



3

 Putnam R. Tuning in, Tuning out: the Strange Disappearance of Social Capital in America //Political Science and 

Politics. – 1995. – Vol. XXVIII. – 

№ 4. – P. 666; Bowling alone: the collapse and revival of American community. 

– N. Y.: Simon Schuster, 2000. 

4

 



Бурдье П.  Социология политики. – М., 1993. – С. 84. 

5

 



Бурдье П.  Структуры, Habitus, Практики // Современная социальная теория: Бурдье, Гидденс, Хабермас. – 

Новосибирск, 1995. – С. 18. 




guruh  yoki  jamoa  resurslaridan foydalanish  imkoniyatini ochib beradi; 

ikkinchidan, ijtimoiy kapitalning sifati ushbu resurslarning sifatiga tenglashtiriladi. 

Ijtimoiy kapital -  uyushgan o'zaro hamkorlik  mahsuli bo’lib, u individual 

emas, balki ijtimoiy xususiyatga ega hisoblanadi. 

Amerikalik sotsiolog A. Portesning fikricha, iqtisodiy  (moliyaviy)  kapital 

bank hisobvaraqlarida, inson kapitali insonlarning  aqllarida  (boshlarida), ijtimoiy 

kapital esa insonlar o’rtasidagi munosabatlarga xos hisoblanadi. Ijtimoiy kapitalga 

ega bo'lish uchun inson boshqalar bilan aloqada bo’lishi kerak va bu "boshqalar" – 

afzalliklarga (ustunliklarga) ega bo’lishining  haqiqiy manbaidir. Ijtimoiy kapital 

sotsial  uyushgan ijtimoiy tizim faoliyatining elementi sifatida xususiy mulkka 

tegishli  bo'lishi mumkin emas, u  ijtimoiy mulk (ne’mat)  hisoblanadi. Alohida 

tashkilotning mulki bo'lmagan ijtimoiy kapital har bir tashkilot tomonidan imkon 

qadar ko'proq foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 

Ijtimoiy kapitalning ikki shakli mavjud -  tarkibiy (tarmoqlar, birlashmalar, 

institutlar, shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va tartibotlar) 

va kognitiv (munosabatlar, normalar, xatti-harakatlar, umumiy qadriyatlar, 

ishonch). 

Ushbu shakllar nisbatan alohida  va mustaqildir. Ular avtonom ko’rinishda 

mavjud bo’lishi mumkin, ya’ni u  yoki  bu  institut,  u yoki bu  tartibot  kabi,  biroq, 

insonlarning ularga ishonchi  darajasi unchalik yuqori emas. Shu bilan birga, turli 

vaziyatlarda, muayyan bir rasmiy tashkilotlar mavjud bo’lmasada odamlar o'rtasida 

yuqori darajadagi o’zaro  ishonchni kuzatish mumkin. Ijtimoiy kapital turlarini 

uning shakllanish darajalariga nisbatan qarab ko'rib chiqish mumkin. (1.3-jadval) 


Download 86.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling