3-mavzu. Bilimlar iqtisodiyotida ijtimoiy kapitalni roli va ahamiyati


-rasm. Ijtimoiy kapitalning iqtisodiyotga ta’siri


Download 86.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi86.06 Kb.
#245511
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu амалий

1.4-rasm. Ijtimoiy kapitalning iqtisodiyotga ta’siri 

Iqtisodiy nuqtai nazardan, ijtimoiy kapital bu jamiyatning shaxslararo 

iqtisodiy aloqalar maydonida shakllangan aloqalar, hamkorlik, o'zaro ta'sir, o'zaro 

ishonch va bir-biriga  yordamdan oladigan kapitallashgan iqtisodiy manfaat va 

foydasidir. 

 

IJTIMOIY KAPITAL ORTIQCHA BO’LADIMI? 



Ijtimoiy kapitalning mavjudligi har doim ham yaxshi natijalar beravermaydi. 

Yaxshi  rivojlangan  ijtimoiy kapital ba'zan zarar ham keltirishi mumkin: bunda 

guruh konformizmi (guruhbozlik)  deb ataladigan hodisa  yuzaga keladi –  umumiy 

g’oyaga  shubha qilmaslik kayfiyati ustovorlik qiladi. Guruhda  mustahkam 

hamkorlik  aloqalarining  o’rnatilganligi xodimlarning  befoyda yoki noto'g'ri 

g'oyalarni qo'llab-quvvatlashiga olib keladi. Do’stona muhitda ortiqcha iliqlikning 

mavjud bo’lishi xodimlarning bir-birlariga qiyin savollar berishiga to'sqinlik qilishi 

yoki ko'pincha yangiliklar  manbaiga aylanishi mumkin bo’lgan  "ijodiy  qarama-

qarshiliklar"ni yo’qolishiga olib kelishi mumkin. 

Va shunga qaramay, aksariyat hollarda rivojlangan ijtimoiy kapitalga ega 

bo'lish faqat foydali  hisoblanadi. Hamjihatlik, jamoaviy ishlash, sadoqat, qat'iyat 

va fidoyilik kabilar – uning eng muhim afzalliklari (ustunliklari) hisoblanadi. UPS, 

Hewlett-Packard, Rassell Reynolds, SAS kabi firmalar ijtimoiy kapitalga 

investitsiya  kiritdilar  va natijada ular eng yaxshi mutaxassislarni  jalb qilishgan 

 

Ijtimoiy kapital 



 

Istitutlar 

Davlat tomonidan 

tartibga solinishi 

Tadbirkorlar va 

ishchilar uchun 

rag’batlar 

Transaksion 

xarajatlar 

Iqtisodiyot 

samaradorligi 



hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Ta’kidlash 

mumkinki,  ushbu  firmalarning hech biriga ularning bu sohadagi siyosati  to’siq 

bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin. 

Ijtimoiy kapital "bu jamiyatning yoki uning alohida bir qismining muayyan 

salohiyati bo'lib, uning a'zolari o'rtasidagi ishonch natijasida vujudga keladi", ya'ni 

ijtimoiy kapital moddiylashtirilgan ishonch shaklidir. Ishonch aloqa-munosabat 

o’rnatish turi sifatida insonning dunyoga va o'ziga bo'lgan qadriyatlar tizimi bilan 

bog'liq  hisoblanadi. Odamlar bir-biriga ishongani uchungina amalga oshadigan 

ko'plab iqtisodiy jarayonlar  mavjud. Hamkorlik o'zaro bog'liqlikni vujudga 

keltiradi va kiritilgan invetsitsiyalar  faqatgina  sheriklar o'z majburiyatlarini 

bajarganlaridagina  amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish  munosabatlariga ham, 

moliyaviy munosabatlarga ham  tegishli  hisoblanadi. Va nihoyat, agar jamiyatda 

ishonch bo'lmasa, bilimlarning jamiyatga kirib kelishini kutish bema'nilikdir. 

Ishonch har doim ongli tarzda  bo'ladi, garchi u tavakkalchilik  bilan bog'liq 

bo'lsa ham, chunki u ishonch bildirilgan  kishiga nisbatan munosabatlarga 

asoslanadi. Boshqa odam haqida qanchalik chuqurroq va to'liqroq bilimga ega 

bo'lsangiz, uning xatti-harakatini shunchalik aniqroq  taxmin qilishingiz mumkin. 

Binobarin, bu holatda ishonch darajasi ham yuqoriroq bo'ladi, chunki bu 

hamkorning  ehtimoliy  xatti-harakatini oldindan anglash imkonini beradi. Ishonch 

tushunchasiga bo'lgan axloqiy va falsafiy yondashuv asosida ushbu hodisaning eng 

muhim to'rt jihatini ajratib ko'rsatish mumkin: 

1) ishonch odamlar o'rtasidagi axloqiy munosabatlar sifatida qaraladi; 

2) ishonch bir-birini bilish orqali tavsiflanadi; 

3) ishonch harakati –  bu ixtiyoriy, majburlovchi xarakterga ega bo’lmagan 

hodisa; 

4) ishonch ichki fikr va hissiyotlarni yetkazish orqali amalga oshiriladi. 

Ishonch darajasi nisbatan  yuqoriroq  bo'lgan jamiyatda davlat hokimiyatini 

tan olish darajasi odatda yuqoriroq bo'ladi va shuning uchun tartibni saqlashga 

sarflanadigan xarajatlari pastroq bo'ladi. Ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilish xarajatlari 

kamayganligi sababli institutsional islohotlar yengilroq davom etadi. 

Ishonch nafaqat hissiy va psixologik, balki iqtisodiy kategoriya hamdir. 

Yaponiya  iqtisodiyoti va boshqa "osiyo  yo'lbarslari" taraqqiyotining  asosiy 

omillaridan biri sifatida fuqarolarning bir-birlariga va hokimiyat institutlariga 

an'anaviy ravishda yuqori ishonchi bilan bog'liq  deb aytish mumkin. Sovet 

iqtisodiy tizimi, aksincha, har doim umumiy ishonchsizlikni boshdan kechirgan: 



davlat ishlab chiqaruvchilarga, ishlab chiqaruvchilar davlatga va umuman barchasi 

birgalikda fuqarolarga ishonmagan. Fuqarolar  tomonidan  ham xuddi shunday 

munosabatda bo’lingan. Ishonchning  yo'qligi  iqtisodiyotdagi qat’iy  rejalashtirish 

bilan qisman qoplab kelingan va natijada samaradorlik pasayib borgan. 



 

Download 86.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling