3-mavzu: biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan metodlar va usullar reja
Download 81.97 Kb.
|
3-mavzu
Interfaol metodlar faol metodlarning zamonaviy ko‘rinishi, deb ham qaraladi. “Interfaol” so‘zi (inglizcha «inter» - o‘zaro, «act» - harakat qilmoq), kim bilandir birgalikda harakat qilish, hamkorlik qilishni anglatadi. Interfaol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Faol metodlardan farq qilib, dars jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarni qo‘yilgan dars maqsadlariga erishishiga yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. O‘qitishning interfaol metodlari o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil ishlash, vaziyat va sabablarni tahlil qilish, qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Interfaollik deganda o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. Interfaol o‘qitish, avvalo, dialog tarzda o‘qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir. O‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo‘lgan muloqot o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi; o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga o‘z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi; o‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi; o‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo‘lishiga erishish lozimligini anglaydilar; o‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlash orqali qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etilishlariga erishiladi. Interfaol o‘qitishning asosiy mohiyati shundaki, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi. O‘quv materialini o‘rganish, muammoni hal etish bo‘yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o‘quvchilarning hamkorligi har bir o‘quvchiga guruh muvaffaqiyati uchun o‘z ulushini qo‘shishga, ular o‘rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o‘zaro yordam muhitida sodir bo‘lganligi uchun, o‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki o‘zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko‘tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi. Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o‘quvchining ustunlik qilishi, uning o‘z fikrini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallaydilar. Interfaol metodlarning fo‘llanilishi o‘quvchilarda, ayniqsa, kommunikativ, milliy va umummadaniy, axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga imkon beradi. ўқувчи Biologiya fanini o‘qitishda o‘qituvchi metodlarning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq anglashi va o‘z o‘rnida samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi lozim. ўқитувчи ўқувчи ўқувчи interfaol metodning sxemasi Biologiya fanini o‘qitish jarayonida tanlangan o‘qitish metodlari biologik bilimlar va ko‘nikmalarni egallashni ta’minlashi kerak. Biologiyaning ko‘pgina mavzulari amaliy xarakterda bo‘lib, ularni faoliyat orqali hal qilish talab qilinadi. O‘quvchilar diqqatini nazariy bilimlarni o‘rganishga va maqsadni arzirli natijalarni qo‘lga kiritishga qaratish kerak, shuningdek, o‘quvchilardan muhim nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda, o‘z ustida mustaqil ishlashlari ham zarurligi talab etiladi. Nazariy bilimlarni eshitib o‘rganish orqali egallash xotira uchun ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi va yana o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini buzadi. Shu sababli, o‘z-o‘zini boshqarishni va dars davomida o‘qitishni o‘zida jamlagan o‘qitish metodlaridan foydalanish juda muhim. Amaliy metodlarni qo‘llashning ijobiy natijalari shundaki, ular o‘quvchilarni tanqidiy o‘ylashga, rejalashtirishga, savollarga javob topishga, bahslashishga va yechim topishga ruhlantiradi. Tabiatga sayohat va o‘quv-yer maydonchasidagi ishlar kabi mashg‘ulotlar o‘quvchida amaliy va bilim, ko‘nikmalarni rivojlantiradi, fanga qiziqishini orttiradi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchining tabiat va atrof-muhitni kuzatishiga sharoit yaratadi, shuningdek, sinf xonasida egallagan bilimlarini sinashga, ularni tajribada qo‘llashga imkon beradi, o‘quvchi bilimi va xulq-atvorida ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi1. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun o‘quv dasturidan mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng, o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda ta’lim texnologiyasini tanlaydi. Biologiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yin, modulli ta’lim, hamkorlikda o‘qitish, muammmoli o‘qitish, loyihalash texnologiyasi, ana’anaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalaniladi. O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda ta’limga faol va interfaol yondashilishi kerak. Passiv yondashuvda o‘qituvchi mavzuni bayon etadi. O‘quvchi ularni tinglaydi va tegishli qismlarini yozib oladi. Uy vazifalarini qo‘llanma, darsliklardan o‘qib o‘rganadi. Bu jarayonda o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasida bir tomonlama aloqa o‘rnatiladi. O‘quvchi o‘z darajasida, ya’ni qobiliyati, qiziqishi, istagi, xohishi darajasida o‘zlashtiradi. Unda ta’lim mazmunini o‘zlashtirish kafolatlanmaydi. O‘quvchilarda kompetensiyalar o‘qituvchi tomonidan tayyor aytib berilgan ma’lumotlar bilan shakllanmaydi. Faol yondashuv. O‘qituvchi ta’lim mazmunini bayon etish uchun bor kuchini, mahoratini ishga solib dalil, ko‘rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida tushuntirishga harakat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ijodiy ishlar, amaliy topshiriqlar beradi. O‘quvchilar uy ishlarini mustaqil ishlash, takrorlash orqali bajaradilar. Bu jarayonda o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasida ikki tomonlama aloqa o‘rnatiladi. Ta’lim mazmunini birmuncha o‘zlashtirishga erishiladi. Bunday yondashuvda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari to‘liq bo‘lmasada, shakllanadi. Bunday deyilishiga sabab shuki, kommunikativ kompetensiyaning “kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish”, “hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z o‘rtog‘iga tushuntirish” yoki ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining “tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi”, milliy va umumadaniy kompetensiyaning “insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi” kabi elementlari shakllanishi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etilgandagina amalga oshadi. Faol yondashuv esa o‘qituvchi va yakka holdagi o‘quvchining muloqoti ko‘rinishida bo‘ladi. Interfaol yondashuv. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi: yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar, vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Ta’lim mazmunini to‘la o‘zlashtirishga erishiladi. Interfaol yondashuv o‘quvchilarda kompetensiyalarning to‘liq shakllanishiga imkon beradi. Download 81.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling