3-Mavzu: Biznes huquqi sub’ektlari. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari
Download 179.5 Kb.
|
3-mavzu
Misol uchun, oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi. Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa yetishtirishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan tomorqa yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi. Dehqon xo‘jaligi yer uchastkasini olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilgandan keyin, dov-daraxtlar, buzilayotgan binolar va inshootlarning yoxud ularni boshqa joyga ko‘chirish yoki boshqa binolar va inshootlar qurish qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan foydani qo‘shgan holda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘la hajmda to‘langan holda yo‘l qo‘yiladi. Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i tariqasida undiriladi. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli. Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi mol-mulki yetarli bo‘lmaganda, qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgar bo‘ladi. Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling