3-mavzu; Biznesni tadqiq etishni tashkil etish


Download 82.92 Kb.
bet7/7
Sana28.12.2022
Hajmi82.92 Kb.
#1009479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu (1)

Ijtimoiy usullar. BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan ijtimoiy usullar sirasiga ijtimoiy-ommaviy jarayonlarni, guruhlap ichidagi hodisa va jarayonlarni, shuningdek individual-shaxsiy axloqiy me’yorlarni boshqarish usullari kiradi.

Ijtimoiy-ommaviy jarayonlarni boshqarish usullari BQni bajaruvchi katta jamoalarni, misol uchun, harbiy bo‘linmalar, ishlab chiqarish korxonalari va jamoat tashkilotlarini, tartibsiz ravishda sodir bo‘ladigan namoyishlar (mitinglar)ni va hatto bir butun davlatlarni boshqarishda zarur bo‘ladi. Tizimlar nazariyasi va tashkiliy qonuniyatlar bu usullarning asosini tashkil etadi. Ular sirasiga sinergiya (o‘zaro harakatlarning kuchaytirilishi) qonuni, o‘z-o‘zini asrash, mutanosiblik va hamohanglik, taraqqiyot qonunlari kiradi.


Guruhlar ichidagi usullarga ijtimoiy ishlab chiqarish faolligini oshirish usullari, kommunikatsiya(muloqot) usullari, ma’naviy-ruhiy rag‘bat berish usullari kiradi.


Individual-shaxsiy usullar esa ishontirish, shaxsiy namuna, ibrat ko‘rsatish, ixlos uyg‘otish kabi usullarni o‘z ichiga oladi.




Psixologik usullar. Psixologik usullar xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati uchun qulay ma’naviy ruhiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular sirasiga ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etish, ezgu istaklar uyg‘otish kabi usullar kiradi.


Kompaniya xodimlarining rasmiy va norasmiy munosabatlari psixologik usullarning asosini tashkil etadi.


Rasmiy (funksional) munosabatlar xodimlarning lavozimlariga doir vazifalari va majburiyatlari aks etgan yo‘riqnomalar hamda ma’muriyat tomonidan chiqarilgan buyruq va farmoyishlar asosida shakllanadi. Rasmiy munosabatlar kompaniya yoki uning bo‘linmalari funksional va tashkiliy tuzilmasiga binoan mustahkamlanadi.


Norasmiy(shaxsiy) munosabatlar ehtiyojlar va manfaatlar, simpatiya va


antipatiyalar umumiyligi asosida yuzaga keladi. Norasmiy munosabatlar,shuningdek yetakchilar va ularning qo‘l ostidagi xodimlar orasidagi tuzilmaviy munosabatlar ko‘rinishida mustahkamlanib, o‘ziga xos yozilmagan qonuniyatlar asosida shakllanadi. Norasmiy tuzilmalar odatda o‘zaro kompaniya darajasigacha shakllanib yetib bormaydi, ya’ni ularning harakati mahalliy doirada qolib ketadi. Psixologik usullar ahil jamoaning shakllanishi uchun bu munosabatlarda o‘zaro uyg‘unlik, hamohanglikni yuzaga keltirishga qaratilgan.


Boshqaruv amaliyoti rahbarning fikri, nuqtai nazari,shak-shubhasiz to‘g‘ri ekanligiga xodimlarni ishontirishning qator usullarini ishlab chiqdi. Ulardan ba’zilarini keltiramiz.


1.Rahbar potensial bajaruvchi bilan boshqaruv qarorining muayyan qismlari yoki uning to‘liq namunasi yuzasidan bahslashishdan o‘zini chetga tortishi mumkin. Bunda bajaruvchi qarorning to‘g‘riligiga rahbarning ishonchi komil ekanini fahmlashi yoki mazkur qaror ortida qudratli kuch turibdi, deb o‘ylashi mumkin.





  1. Rahbar bajaruvchining qaror borasidagi fikrini so‘rashi va unga katta qiziqish bildirishi mumkin. Shundan keyingina bajaruvchi qarorga nisbatan o‘z

xayrixohligini ifodalaydi.


3.Rahbar bajaruvchiga BQ uning o‘ziga ham yoqmayotganligini, lekin vaziyat taqozosiga ko‘ra uni bajarish kerakligini darhol aytishi mumkin.


4. BQ bajarish jarayoni e’lon qilinishidan oldin rahbar bajaruvchiga nisbatan o‘zining do‘stona munosabatini bildirib qo‘shishi mumkin. Shundan so‘ng


bajaruvchi BQ nisbatan qarama-qarshi pozitsiyada bo‘lmaydi, balki uni qo‘llab-quvvatlaydi.

5.Rahbar o‘zining BQ da bajaruvchiga tegishli biror fikrni kashf etishi va uni kelgusida qarorni bajaruvchi potensial shaxslarning to‘liq amalga oshgan g‘oyalari sifatida talqin etishi mumkin (ya’ni u qaysidir ma’noda o‘zining mualliflik huquqidan voz kechadi).





  1. Rahbar dastlab bajarilishi lozim bo‘lgan BQni potensial bajaruvchi (ijrochi)lar bilan muhokama qilishi hamda ularning unchalik ahamiyatsiz, juz’iy

takliflarini mazkur qarorga kiritishi mumkin.


7.Rahbar o‘zining BQ yuzasidan bajaruvchilarni “Qani, kim yanada yaxshiroq taklif bildira oladi”, deya mushohadaga chorlashi mumkin. Odatda, BQ ni tanqid ostiga olish uni ishlab chiqishdan ko‘ra osonroq.





  1. Rahbar BQning asosiy jihatlariga yaqqol urg‘u berishi, buning uchun jadvallar, chizmalar, hisob-kitoblardan, nufuzli shaxslarning fikrlari va boshqalardan foydalanishi mumkin.

Download 82.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling