3-Mavzu: Bolalar sepmasi kukunini tayyorlash texnologiyasi Mashg’ulot maqsadi


Download 265.36 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi265.36 Kb.
#1130161
  1   2
Bog'liq
Tarqatma 3 -mavzu


3-Mavzu: Bolalar sepmasi kukunini tayyorlash texnologiyasi


Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga maydalash va maydalash darajasi, korxona sharoitida tayyorlanadigan kukunlar qanday texnologik bosqichlardan iboratligini, bu dori turini ishlab chiqarish ko‘lamini, terapevtik samaradorligini, sifatini va turg‘unligini ta’minlashni tanishtirish.
Mavzuning axamiyati: Kukunlar korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVning asosiy qismini tashkil qiladi. Dori va yordamchi moddalarni maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarisiz korxona sharoitida kukun dori turlarini ishlab chiqarishning iloji yo’q. Shunday ekan, bu xar uchchala jarayonni ham amalga oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni to’g’ri belgilay olish texnologlardan chuqur bilim va amaliy ko’nikmani talab qiladi.
Kukunlarni afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • oddiy va tez tayyorlanish texnologiyasiga ega ekanligi;

  • maydalik darajasini boshqarish mumkin;

  • kukunlarni ma’lum bir kristallik tuzilishga ega ekanligi ularni biologik samaradorligiga ijobiy ta’sir etishi;

  • aksariyat holatlarda to‘ldiruvchi yordamchi moddalarni talab qilinmasligi;

  • in’eksiya qilish uchun mo‘ljallangan kukunlarda dozalarning aniqligi;

  • tashqi maqsadlar uchun mo‘ljallangan kukunlarda qo‘llashni qulayligi;

  • universal tarkibni tanlash mumkinligi;

  • kukunlarni saqlash va tashishni qulayligi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda kukunlar quyidagi kamchiliklardan ham holi emas:

  • suyuq dori shakllariga nisbatan terapevtik samaradorlikning past ekanligi;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishida oshqozon-ichak traktini qitiqlashi mumkinligi (kaliy va natriy bromidlar);

  • oshqozon shirasi ta’sirida parchalanib ketishi;

  • maydalash jarayonida zarrachalar yuza hajmining ortishi hisobiga tarkibdagi kritallizatsion suvni yo‘qolishi;

  • havodagi kislorod ta’sirida kukunlar xossasini o‘zgarishi mumkinligi;

  • kukunlar ochiq holatda o‘ziga xos bo‘lgan xidini tez yo‘qotishi yoki havodagi har xil xidlarni o‘ziga oson adsorbsiya qilishi;

  • tarkibida xidli va rangli moddalardan iboart bo‘lgan kukunlar uchun maxsus o‘rov materiallari talab qilinishi;

Me’yoriy hujjatlarda kukunlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • sochiluvchan yoki to‘zg‘uvchan;

  • dori moddalari yoki ularni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmalari bir xil ko‘rinishli;

  • dozalarga bo‘lingan kukunlarda dozalar orasidagi farq belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi;

  • dori moddalari yoki yordamchi moddalarning xidi, rangi va mazasiga ega bo‘lishi;

  • qadoqlangan, o‘ralgan va yorliqlangan bo‘lishi kerak.

Agar kukunlarning xususiy me’yoriy hujjatlarida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, zarrachalarning o‘lchami 0,16 mm dan ortmasligi lozim. SHuningdek kukunlar agar yaralarga sepish uchun, jarohatlangan teri yoki shilliq qavatlarga ishlatish uchun, 1 yoshgacha bo‘lgan yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lsa, albatta sterillangan holatda, aseptik sharoitlarda tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda kimyo-farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan zarrachalarining o‘lchami 70-1000 mkm gacha bo‘lgan dori va yordamchi moddalarni ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘z navbatida ulardan kukunlar ishlab chiqarishda qo‘shimcha texnologik jarayonlar, maydalash, elash va aralashtirish jarayonlarini talab qiladi.

1-jadval
Kukunlarni maydalik darajalari va ularda ishlatiladigan elaklar o‘lchami





t/r

Kukunlarni maydalik darajalari

MH bo‘yicha material raqami

Zarrachalar o‘lchami, mm

Elak materiali

Elak teshigining shakli

1.

Yirik
(Pulvis grossus)

20
10
0,5
1,898
0,990
0,472

2,0+0,070
1,0+0,070
0,5+0,050
1,898+0,171
0,990+0,089
0,472+0,048

Panjarasimon ipli mato

To‘rsimon ipli mato



YUmaloq
Kvadrat

2.

O‘rta
(Pulvis modice grossus)

21
250
23
25

0,310+0,040
0,250+0,035
0,329+0,032
0,294+0,031

Ipak mato

Kapron mato



Ko‘pburchak

Kvadrat


3.

O‘rta mayda
(Pulvis modice subtillis)

32
35
38

0,200+0,030
0,219+0,022
0,195+0,021

Ipak mato
Kapron mato

Ko‘pburchak
Kvadrat

4.

Mayda
(Pulvis subtilis)

35
38
46
49, 490

0,160+0,025
0,150+0,025
0,156+0,016
0,143+0,015

Ipak mato

Kapron mato



Ko‘pburchak

Kvadrat


5.

O‘ta mayda
(Pulvis subtilissimus)

46
58, 580

0,120+0,020
1,122+0,013

Ipak mato
Kapron mato

Ko‘pburchak
Kvadrat

6.

Kolloid yoki juda mayda
(Pulvis longe subtilissimus)

61
76
73, 730

0,090+0,015
0,069+0,015
0,093+0,009

Ipak mato

Kapron mato



Ko‘pburchak

Kvadrat








Vaziyatli masalalar:





  1. Bir korxonaning ishlab chiqarishida sarflanish koeffitsienti 1,030 ga, ikkinchisida esa 1,060 ga teng. Qaysi korxonada ishlab chiqarish to’g’ri yo’lga qo’yilgan?

  2. 20 daqiqa davomida 15 kg mahsulotni maydalaydigan zoldirli tegirmonni ish unumdorligini hisoblang

  3. 100 kg magniy sulfat kukunini labaratoriya sharoitida zoldirli tegirmonda maydalash natijasida 98,0 kg maydalangan magniy sulfat hosil bo’ldi. Elangandan so’ng 78,0 kg maydalangan magniy sulfat elakdan o’tdi, 16,6 kg maydalanmagan magniy sulfat esa elakni ustida qoldi. Maydalash, elash va umumiy jarayon uchun kirim-chiqim nisbatini tuzing. Tayyor mahsulot, yo’qotish va sarflanish koeffitsientlarini hisoblang.




Download 265.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling