3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari


Download 402.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana17.06.2023
Hajmi402.42 Kb.
#1532770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU AMALIY



3-MAVZU: 
BOLALARNI 
 
MAKTABGA 
TAYYORLASHGA
QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING SOHA, KICHIK SOHA VA 
INDIKATIRLARI.
(2-amaliy) 
Reja 
1.Davlat talablarining maqsadi.
2. Davlat talablari bosqichlari.
3.Davlat talablarining «Dunyoni badiiy tasavvur etish» kichik sohasi. 
4.Davlat talablarining «Intellektual-bilish malakalari» kichik sohasi indikatori. 
5.«Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat» kichik sohasi haqida.
Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi: Davlat talablarining asosiy 
rivojlanish sohalaridagi kichik soha indikatorlari (ko’rsatkichlari) tahlili, shu asosda 
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish,har bir aniq yoshdagi bolalarga beriladigan 
bilimlar mazmuniva rivojlanish xaritasini olib borish ko’nikma va malakalarini 
rivojlantirish.
Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar. 
Talimning metodlari: 
«Kichik guruhlarda ishlash» metodi
, aqliy hujum, blits,
so`rov. 
Kutilayotgan natija: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat 
talablarining soha, kichik soha va indikatirlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 
Kichiq ma’ruza:
Hozirgi zamon talabiga ko’ra maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga bilim 
berish bilan bir vaqtda ushbu bilimlar darajasini kuzatib nazorat qilib borish, ta’lim 
va tarbiya natijalarini nazorat qilish ham talab etiladi. Tarbiyachi o’z ish 
tajribasidagi ana shu baho berish malakalarini takomillashtirmog’i lozim.
Bir tomondan, bola o’zini-o’zi nazorat qilishga o’rganishi kerak, ikkinchi 
tomondan, tarbiyachi ham o’z mehnat natijalarini (yutuq va kamchiliklarini) ko’ra 
olishi, buning uchun bolalarning rivojlanish saviyasini nazorat qila bilishi darkor. 
Lekin ayni shu masalada yosh tarbiyachilar katta qiyinchiliklarga uchraydilar. 
Tarbiyachilarni bolalar rivojlanishini kuzatish, tahlil qilish faoliyatiga ham 
o’rgatishni maqsad qilib qo’yish kerak. Bunda ulardagi kasbiy metodik bilim va 
amaliy pedagogik malakalarning yetishmasligi, bolalarning bilimlarini hisobga 
olishdagi kamchiliklarni bartaraf etishni ham ko’zda tutish lozim.
Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanishidagi muvaffaqiyatlar sifat va 
miqdoriy ko’rsatkichlarni qaydlab borish uchun har bir chorakda ularni baholab 
turish mezonlaridan kelib chiqishi kerak. Buning uchun esa tarbiyachi ma’lumotlarni 
to’plab borishi va tahlil etishi maqsadga muvofiqdir.

Download 402.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling