- ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo’shiq, raqs, musiqa,
she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik);
- ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash
joyi va
jamoat joyi);
- qo’shiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi;
- ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor,
doira);
- musiqaga monand raqsga tushishi mumkin.
Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar
Talab. Bola atrofdagi borliqni ijodiy o’zgartirish malakasiga ega:
- predmetlar shaklini aniq ko’rsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar
chizadi;
-
syujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;
- shakllarni turli texnika asosida bo’yaydi;
- loy, xamir va plastilindan yasaydi;
- faoliyati boshida ko’z oldiga keltirib tasavvur qiladi;
- xorda va yakkaxon qo’shiq aytadi;
- raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi
sifatida qabul qiladi;
- musiqiy asboblarda chaladi (qo’ng’iroqcha, doira, metallofon,
uchburchak) ;
- kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko’rinishlarida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: