3-Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog`liq guruhlari. Reja


Download 25.39 Kb.
bet12/20
Sana08.01.2022
Hajmi25.39 Kb.
#244694
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
jismoniy rivojlanish

Qo`l muskullari kuchi. Qo`l dinametri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi.Dinamometr o`lchagichini qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi kg. ni ko`rsatadi.

- 8 yoshli o`g`il bolalarning o`ng qo`li muskullari kuchi o`rtacha 16,4 kg, chap qo`liniki -15,5 kg, qizlarniki - 13,8 va 12,9 kg;

- 17 yoshli o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi - 47 kg, chap qo`li -40,6 kg, shu yoshdagi qizlarning o`ng qo`li kuchi - 29 kg, chap qo`li kuchi-26 kg.

Bel muskullari kuchi tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi.

Gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlarni bel muskullarining o`rtacha kuchi 176,2 kg, voleybolistlarniki-177,5 kg, basketbolistlarniki-174,8 kg.

Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanuvchi qizlarniki 110,6, 115,6, 109,6 kg. 

Qad-qomatning shakllanishi.

Har bir odam tanasini o'zi odatlangan vaziyatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va asab tizimining rivojlanishiga bog'liq. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog'onasi bo'yin va bel qismida bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. 

Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshini tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasining miyoridan ortiqcha egilishi, qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga sabab bo`ladi. 

Qad-qomatning shakllanishida, umurtqa pog'onasidan tashqari ko'krak qafasi, oyoq va chanoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.

Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat. 



Download 25.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling