3-mavzu: byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy-uslubiy jixatlari reja


Budjet tashkilotlarida qo‘llaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi xamda buxgalteriya balansi


Download 80.54 Kb.
bet4/9
Sana09.04.2023
Hajmi80.54 Kb.
#1344147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu. Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari

3.Budjet tashkilotlarida qo‘llaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi xamda buxgalteriya balansi.
Schyotlar rejasi – bu budjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi manbalariga xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga solingan ro‘yxatidir. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan bo‘lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy guruxlash, tezkor nazorat qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Budjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil bo‘lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlarga bo‘linadi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni iqtisodiy mazmuni bo‘yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik schyotlarga bo‘linadi.
BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA SCHYOTLARI TASNIFI




Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli bo‘lmagan moddiy qimmatliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, javobgarlikda saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun olingan moddiy qimmatliklar), shuningdek, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo‘llanmalar va boshqalar hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni qo‘llashlariga ruxsat etiladi.[6]
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi joriy etiladi.[3]

Barcha schyotlar beshta qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:


I. Nomoliyaviy aktivlar;
II.Moliyaviy aktivlar;
III.Debitorlar va kreditorlar;
IV.Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar;
V.Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo‘limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo‘lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to‘rtinchi bo‘lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi.

Download 80.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling