3-mavzu. Dala ekinlari va ularni guruhlarga bo’linishi, galla ekinlariga umumiy tavsif. Reja
Download 407.17 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
3-mavzu. Dala ekinlari va ularni guruhlarga bo’linishi, galla ekinlariga umumiy tavsif. Reja: 1. O’zbekistonda o’simlikshunoslik fanining rivojlanishi 2. Dala ekinlarini ishlab chiqarish va botanik-biologik guruhlash 3. G’alla ekinlarining umumiy tavsifi. Dala ekinlari mahsulotlarini ishlab chiqarish – qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. O’sib borayotgan aholining oziq-ovqat, yengil sanoatning tarmoqlari uchun xomashyo, chorvachilik uchun oziqa yetishtirilshda dala ekinlarining biologik xususiyatlariga mos yetishtirilsh texnologiyalarni qo’llagan holda ekologik toza, mo’l va sifatli hosil yetishtirilsh o’simlikshunoslik fanining asosiy maqsadidir. Fan–texnika taraqqiyoti natijasida keyingi yillarda qishloq xo’jaligining yangi, zamonaviy texnikalar, intensiv tipdagi navlar, duragaylar, o’g’itlarning yangi, samaradorligi yuqori shakllari, turli pestisidlar, biologik faol moddalar bilan ta’minlanishi, turli yo’nalishdagi ilg’or texnologiyalarning yaratilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning chuqur, serqirra, malakali bilimga ega bo’lishini talab qiladi. O’zbekistonda, qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i dala ekinlarini yetishtirilshning ilg’or, intensiv texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, yangi navlar, duragaylar yaratilib, urug`’chilik, urug`’shunoslik sohasida ishlar takomillashtirilmoqda. Qishloq xo’jaligining biologic asoslari fanining vazifalariga quyidagi masalalarni o’rganish kiradi: -ekinlarning xalq xo’jalik ahamiyati, ekilish maydonlari, hosildorligi, yalpi hosili, tarixi; -ekinlar sistematikasi (oila, avlod, tur, kenja tur, turxil, nav, duragay); -morfologik xususiyatlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`’); -biologik xususiyatlari (haroratga, namlikka, yorug’likka, tuproqqa, oziqa moddalarga talabi); -navlar, duragaylarning tavsifi; -ekinning almashlab ekishdagi o’rni, tuproqni ishlash tizimi, o’g’itlash tizimi, sug’orish tartibi, urug`’larni ekishga tayyorlash, ekish muddati, me’yori, chuqurligi; -ekin parvarishi (qator oralarini ishlash, boronalash, egat olish, kultivasiya, begona o’tlarga, kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalar); -hosilni yig’ishtirish (defoliasiya, desikasiya, senikasiya.); Download 407.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling