3-mavzu. Dala ekinlari va ularni guruhlarga bo’linishi, galla ekinlariga umumiy tavsif. Reja
Don ekinlarining morfologik xususiyatlari
Download 407.17 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galladoshlar (Gramineae)
Don ekinlarining morfologik xususiyatlari. Morfologik xususiyatlari va
yyetishtirilshdagi yo'nalishlari bo'yicha donli ekinlar birinchi guruh g'alla ekinlari kuzgi va bahori bug'doy, kuzgi va bahori javdar, kuzgi va bahori arpa, kuzgi va bahori tritikale, suli va ikkinchi guruh g'alla ekinlari (makkajo'xori, tariq, oq jo'xori, sholi, marjumak) hamda dukkakli don ekinlari (ko'k no'xat, soya, loviya, mosh, no'xat, burchoq, yasmiq, lyupin, xashaki dukkaklilar)ga bo'linadi. Birinchi va ikkinchi guruh don ekinlari G'alladoshlar (Gramineae) yoki Qo'ng'irboshlar (Poaceae) oilasiga, marjumak Marjumakdoshlar (Polygonaceae), dukkakli don ekinlari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub. Ildiz tizimi. Don ekinlarining ildiz tizimi faqatgina suv va unda erigan oziqa moddalarni so'rish organi emas, balki ko'plab organik moddalar sintez bo'ladigan muhim organdir. Ildizlarda murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida organik kislotalar, fosfor organik moddalar, aminokislotalar, alkoloidlar, amidlar va boshqa birikmalar hosil bo'ladi. Ildizlar o'simliklarda modda almashinuvi, fiziologik jarayonlarda, xlorofil hosil bo'lishida ishtirok etadi, ularga ta'sir ko'rsatadi. Don ekinlarining ildiz tizimi popuk. Don ko'karganda dastlab murtak yoki birlamchi ildizlar hosil bo'ladi. Ularning soni o'simlik turiga bog'liq. Kuzgi bug'doyda murtak ildizlar 3, bahori bug'doyda 5, sulida 3—4, arpada 5—8, tariqsimon o'simliklarda 1 dona bo'ladi. Keyin poya ning yer osti bo'g'inlaridan qo'shimcha yoki bo'g'in ildizlari hosil bo'ladi. Tuproqda yetarli namlik bo'lganda ular tez rivojlanadi. O'simlikning rivojlanishida, hosil to'plashida birlamchi (murtak) va ikkilamchi (bo'g'in) ildizlarining ahamiyati katta. Bug'doy, arpada ikkilamchi ildizlar hosil bo'lmaganda hosildorlik 35—40 % kamayadi. Murtak ildizlar o'simliklarning butun o'suv davri davomida oziqlanishda ishtirok etadi. Ular bo'g'in ildizlaridan oldin hosil bo'ladi va o'simlik o'suv davri oxirida kuzgi bug'doyda 2,5—3 m, makkajo'xori, oq jo'xorida 3—4 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarining asosiy massasi tuproqning 25—30 sm haydalma qatlamida joylashgan. Poyasi. Don ekinlarida poya 5—7 poya bo'g'inlari bilan ajratilgan bo'g'in oraliqlaridan iborat. Uzun bo'yli makkajo'xori o'simligida bo'g'in oraliqlari soni 25 va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ularning soni barglar soniga teng bo'ladi. Ko'pgina don ekinlarida poyasining ichi kovak, makkajo'xori va oq jo'xorida u parenxima bilan to'lgan. Poyaning o'sishida hamma bo'g'in oraliqlari ishtirok etadi. Dastlab eng pastki bo'g'in oraliqlari keyin navbatdagisi o'sa boshlaydi. Keyin hosil bo'lgan oraliqlari o'zidan oldingisidan uzunroq bo'ladi, eng oxirgi bo'g'in oralig'i eng uzun bo'ladi. Poya yer osti poyalarining bo'g'inlaridan novdalar hosil qilish xususiyatiga ega. Download 407.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling