3-mavzu. Elektr signallar kuchaytirgichlari Reja: Signallar Sinusoidal signallar
Amplitudani detsibellarda o’lchash
Download 334.07 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу. Электр сигналлар кучайтиргичлари
Amplitudani detsibellarda o’lchash. Qanday qilib ikkita signal amplitudasini
solishtirish mumkin? Masalan x signali y signalidan ikki marotaba katta. Ko’pchilik hollarda huddi shunday solishtirishni amalga oshirishadi. Ammo ko’pincha bunday munosabat millionlar uchun tushunarli emas va shunda logarifmik bog’liqlikdan foydalanish qulay va munosabat dersibellarda o’lchanadi (detsibel belni o’ndan bir qismini tashkil qiladi, ammo “bell” birligi hech qachon ishlatilmaydi). X signalni nisbatini aniqlash bo’yicha bellarda ifodalasak, bu dB = 20lg(A 2 /А 1 ) , bu yerda A 1
2 ikkita signal amplitudalari. Masalan , agar bitta signal ikki marta katta amplitudaga ega bo’lsa, boshqasiga nisbatan birinchisini , ikkinchisiga nisbati 6dB ni tashkil qiladi, chunki lg 2=0,3010. Agar bitta signal ikkinchisidan 10 marta katta bo’lsa, birinchisini ikkinchisiga nisbati 20dB ni tashkil qiladi. Ammo bitta signal ikkinchisidan 10 marta kichik bo’lsa, unda - 20dB. Ikkita signal quvvatlarini nisbati shunday aniqlanadi dB=10 lg(P 2 , P
1 )
bu yerda P 1 va P 2 - ikkita signal quvvat. Agar ikkala signal ham bir xil shaklga ega bo’lsa, ya’ni sinusoidadan iborat bo’lsa, nisbatni aniqlashni ikkala yo’li ham, (amplituda va quvvat orqali bir xil natijani beradi). Turli shakldagi ikkita signalni solishtirish uchun , masalan, sinusoidal va shovqin signalini ularni quvvatidan foydalanish kerak (yoki effektiv qiymatidan). Detsibel ikkita signal nisbatini aniqlashda foydalanilsa ham, undan amplitudani absalyut qiymatini o’lchashda foydalaniladi, amplitudani nisbiy qiymatini emas. Ish shundan iboratki, qandaydir etolon ampletuani olsak va har qanday boshqa amplitudani aniqlash kerak bo’lsa, etolonga nisbatan detsebellarda. Amplitudani bir nechta standart qiymatlari ma’lum, ular bunday solishtirish uchun ishlatiladi (bu qiymatlar ko’rsatilmaydi, ammo nazarda tutiladi); ulardan bir nechtasini keltiramiz: a) dBB – effektiv qiymat 1V; b) dBBt – 1mVt quvvatga mos keladigan kuchlanish qandaydir faraz qilinadigan iste’molchiga, radiochastotalar uchun bu odatda 50Om, tovush chastotalari uchun – 600Om (ushbu iste’molchilarda 0 dBBt kuchlanish 0,22 va ,0,78V effektiv qiymatlarga ega bo’ladi); dBп –uncha katta bo’lmagan shovqin signali, u xona haroratida resistor yordamida hosil qilinadi (u haqida to’liqroq 7.11 bo’limda so’z boradi). Yuqorida sanab o’tilganlaridan tashqari boshqa sohalarda o’lchash uchun etolon signallar mavjud. Masalan akustikada tovush bosimini darajasi 0dB bo’lgani, o’rta kvadratik bosimi 0,0002mkbar tashkil qiladigan bosim uchun signalga mos keladi (1bar teng 10 6 din sm 2 yoki tahminan 1atmosaferaga teng); darajalararo bog’lanish dBC larda aniqlanadi (og’irlik funksiyasi C chastotalar kengligidagi shovqinga nisbatan). Biz e’tiborimizni 0dB etolon amplitudaga qaratamiz: shu qiymatdan foydalanib, “27 dB amplituda effektiv qiymat 1V ga nisbatan” masalan shuni aytish sedan chiqmasin, yoki qisqartirilgan shaklda “27 dB 1V эфф ga nisbatan” yoki dBB shartli belgilanishdan foydalaning. Download 334.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling