yaqin qarimdosh” kabi bo’ladi, farqi shundaki uchburchakli signalni grafigi simmetrik
Rasm 1.21. Uchburchakli signal
Shovqin signallari. Signallar haqida so’z borganda ularni ko’pincha shovqin bilan
aralashtirishadi, bunda faqat tasodifiy shovqinlar ko’zda tutiladi. Shovqinli
kuchlanishlar chastotali spektr bilan ifodalanadi (quvvatni Gs lardagi chastotaga
ko’paytmasi) va amplituda taqsimoti bilan ifodalanadi. Shovqinli signallarni eng ko’p
tarqalgan turlaridan biri cheklangan chastota spektridagi gaus taqdimotili oq shovqin
hisoblanadi. Bunday signal uchun Gs lardagi chastotaga quvvat ko’paytmasi ba’zi
chastota diopazonlarida o’zgarmas saqlanadi, ko’plab o’lchovlar soni uchun amplituda
variatsiyasi esa uning oniy qiymati Gaus taqsimoti bilan bayon qilinadi. Bunday turdagi
shovqin signalni resistor hosil qiladi (Jonson shovqini), u har qanday mumkin bo’lgan
o’lchashlarda noqulayliklarni hosil qiladi, ularda yuqori sezgirlik talab qilinadi.
Ossilograf ekranida biz shovqin signalni ko’ramiz, u rasm 1.22 da ko’rsatilgan.
Rasm 1.22. Shovqin signali.
Do'stlaringiz bilan baham: