3. mavzu: Erta bolalik autizm sindromi va nogironlar uchun maxsus ta’lim Reja


Download 16.7 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi16.7 Kb.
#1764364
Bog'liq
3-Ma\'ruza (1)


3.MAVZU: Erta bolalik autizm sindromi va nogironlar uchun maxsus ta’lim Reja

  1. Tiflopedagogika fani xaqida tushuncha.

  2. Ko‘zi ojiz va ko‘r bolalarni o‘qitish va tarbiyalash mazmuni.

  3. Tiflopedagogikaning metodlari.

  4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni ko‘ruvini ximoya qilish.

Tiflopedagogika grekcha tiflos ko‘r so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim-tarbiyasi xaqidagi fan. U umuman umumiy pedagogikaning qismi va tiftologiyaning bo‘limlaridan biridir. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.Segenova va I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi» ta’limoti sanaladi. Tiflopedagogika pedagogika fan sifatida quyidagi asosiy muammalarni xal qiladi:



  1. ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shaxslarni psixologik, pedagogik va klinik o‘rganish nuqsonlar mavjud bo‘lganda ruxiy va jismoniy rivojlantirish va ko‘rish funksiyasi buzilishlarini aniqlash.

  2. Ko‘rish va ko‘zi ojizlarda buzilgan va to‘la rivojlanmagan funksiyalarni koreksiyalash va tiklash yo‘llari va shartlari.

  3. Shaxsning ko‘rish faoliyatida turli buzilishlari mavjud xolda shakllanishi va xar tomonlama rivojlantirsh shartlarini o‘rganish, fan asoslariga o‘rgatish, politexnik mexnat va kasb tayyorgarligi.

  4. Ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus tashkilotlar tiplari va strukturasini belgilash.

  5. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgani shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o‘qitish va jamiyatda mexnatga tayyorlash samaradorligini imkoninni beradigan maxsus texnik vositalarni yaratish.

  6. To‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muxofazalash va rivojtirish bo‘yicha gigienik tadbirlar tizimini ishlab chiqish.

  7. Ta’lim-tarbiya va kasb tayyorgarligi uchun binolarni loyixalashga aloxida e’tibor qaratish.

  8. Zamonaviy tiflopedagogikani rivojlantirish, nuqsonlarni oldini olish va tugatish yo‘llarini kompensatsiyalash. (aniqlash)

Tiflopedagogikaning metodlari:
1. Eksprement:
a) ilmiy
b) labaratoriya
v) tabiiy
2.Suxbat
3.Anketa.
4.Kuzatish.
5.Xujjatlarni o‘rganish.
6.Kasbiy faoliyatni taxlil qilish.
7.Tajribani kengaytirish.
8.O‘z-o‘zini kuzatish.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tashkilotlar 2-3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘ladi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilar, gilay bolalar shunday tashkilotlarda ta’lim-tarbiya oladilar. Bu tashkilotlarning maqsadi ko‘rish faoliyatini imkon qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash va maktab tizimiga tayyorlashdan iborat. Bu yerda avvalo eshitish, fazoda mo‘ljalga olish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish kabi qobiliyatlarning rivojlanishiga aloxida e’tibor beriladi. Bolalar bog‘chasiga ko‘rish o‘tkirligi 0,5 va 0,4 ko‘zoynakli bo‘lgan koreksiyali bolalar qabul qilinadi. Tiflopedagogikaning vazifalari:
1.Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni pedagogik va psixologik o‘rganish, nuqsonlarning turlarini oydinlashtirish, jismoniy va ruxiy rivojlantirish.
2.Ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi maqsadi, mazmuni va metodlarini qayta ishlash.
3.Bola shaxsiyatini xar tomonlama rivojlantirishda maxsus ishlarni amalga oshirish.
4.O‘quvchilarni mexnatga va kasb-xunarga yo‘naltirilgan imkoniyatlarni yaratish.
5.Maxsus o‘quv rejalari, dasturlar va darsliklarni tuzish.
6.Maxsus maktablarni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish.
Davolash va tiklash ishlari maktab-internatlarda okulist raxbarligida amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyachilar xam vrach tavsiyalarini o‘z vaqtida bajarishga yordam beradilar. Ko‘zoynak va boshqa optik ko‘ruvchi koreksiyalovchi vositalarni tavsiya qilish davolash ishining asosi xisoblanadi. Pedagog va tarbiyachilar bolalarni ko‘zoynaklardan shifokor tavsiya etganidek to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qiladi. Ko‘zoynakni opravasini (kolipi) to‘g‘ri tanlash muxim rol o‘ynaydi. U yuz xajmini qorachiqlari orasidagi masofaga mos tushishi shart, quloqlarni, burunlarni qismasligi lozim.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni mexnatga va mustaqil xayotga tayyoralashda maxsus mashg‘ulotlarning o‘rni katta.

  1. Davolovchi jismoniy tarbiya.

  2. Fazoda mo‘ljalga olish.

Davolovchi jismoniy tarbiya mashqlari orqali turli kasalliklarni amaliyotda davolash chora-tadbirlarini qo‘llanuvchi jismoniy madaniyat vositalari to‘plami xisoblanadi.Fazoda mo‘ljalga olish ko‘rishda nuqsoni bor insonning muxim katta extiyoji xisoblanadi. Mo‘ljalga olishga o‘rgatish bolalarni bog‘cha yoki maktab atrofida erkin mo‘ljal olishga o‘rgatadi. Bu qancha erta boshlansa yaxshi natija beradi.

SAVOLLAR:
1.Tiflopedagogika fanining mavzu baxsi nima?
2.Maxsus mashg‘ulotlarga nimalar kiradi?
3.Tiflopedagogika qanday metodlarga tayanadi?
Download 16.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling