3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi. Reja
Download 59.17 Kb.
|
3-ma\'ruza. Falsafa fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyanch iboralar
- Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari.
- Arximedning
- Platon falsafasi
3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi. REJA: 1.Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, Suqrot maktablari. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta'limotlari. 2. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi. Ilk o'rta asr G'arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. 3. G'arb Uyg'onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. 4.Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo'nalishlari va asosiy muammolar. 5. XVIII asr Yevropa falsafasining ma'rifiy xususiyatlari. XX-XXI asr G'arb falsafasining oqimlari va XX-XXI asr G'arb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji. Tyanch iboralar: Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi, Suqrot maktablari, Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta'limotlari, Ilk o'rta asr G'arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari, Yangi davr G'arb falsafasidagi asosiy muammolar, XX-XXI asr G'arb falsafasining oqimlari. G’arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («Polislar»)da avval Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’og’ida (Ioniyada), so’ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq to’ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan.. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yyer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko’ra, tabiat (olov) uzluksiz o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho’l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o’zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to’yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya’ni muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o’rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo’lishi lozim; umuman olganda, odshoda inson barcha qobiliyatlarining oqilona mushtarakligi mavjud bo’lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko’rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo’rlik ishlatishga asoslangan ko’rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma’qul ko’radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o’zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo’qsillar o’z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko’zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo’liga o’tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»1. Aristotel ham o’zining «Siyosat» asarida o’z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o’rtaga tashlaydi va o’zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o’rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o’rnatilganda, farovon va o’ziga to’q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»2. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya’ni o’rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog’lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to’rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi sabablar haqidagi ta’limoti ma’lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad – yo’naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o’z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog’liqdir. SHakl o’z mohiyatiga ko’ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko’rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig’ini belgilaydi. G’arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o’z ifodasini to’adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – “g’oyalar dunyosi” va “narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G’oyalar dunyosi” umumiy tushunchalardan iborat, “narsalar dunyosi” esa “g’oyalar dunyosi”ning in’ikosidir: “g’oyalar dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar dunyosi” esa bu mohiyatlar mahsuli bo’lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g’oyalar haqidagi ta’limoti uning “Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida o’z aksini topgan, mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, “Kritiy” asarlari esa g’oyalarning moddiy dunyoga bo’lgan munosabati muammosiga bag’ishlangan. Platon fikriga ko’ra, materiya - g’oyaning sof “aksi”, uning “aksilmohiyati”. Materiyaning mohiyati esa - g’oya. Haqiqiy borliq - bu ‘iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish va harakat asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi go’zallik g’oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g’oyasi va oqillik (haqiqat) g’oyasi o’rin oladi. SHunday qilib, Platon “g’oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob’ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g’oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo’lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun “g’oyalar dunyosi” birlamchidir. Download 59.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling