3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi. Reja


Download 59.17 Kb.
bet2/25
Sana05.04.2023
Hajmi59.17 Kb.
#1274310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
3-ma\'ruza. Falsafa fanidan

Aristotel “Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g’oyalar haqidagi ta’limotini rad etadi. U mohiyat-g’oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e’tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: “Ayrim narsa bo’lmasa, umumiylik ham bo’lmas edi”. “Metafizika”da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o’rganishini qayd etadi. Bular “umumiy metafizika” muammolaridir. Ammo “xususiy metafizika” ham mavjud bo’lib, u “harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel”ni o’rganadi
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi. Xristianlik Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo'l ‘oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso ‘ayg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Iuisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga ye’isko’lar peshvolik qiladilar. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar.Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. Pater – ota) paydo bo’lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan to’ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»3dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan. Inson panoh to’ishining asosiy yo’li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan o’z-o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o’z-o’ziga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson sub’ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob to’ishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o’zini Volter taklif qilgan bo’lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o’tmish – hozirgi davr – kelajakning o’zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o’tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo’lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o’rganish manbalaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Plotonning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e’tiborini o’ziga tortgan.

Download 59.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling