3-mavzu: fan
Download 258.36 Kb.
|
3 мавзу
Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fanda ijodiyot yangi g’oyalar va nazariyalarni ishlab chiqishga, texnika va texnologik tizimlarni loyihalashtirish yaratish va tatbiq qilishga qaratilgan intellektual faoliyatdir. 49
3. Ilmiy tadqiqotda davriy, muntazam qaytariluvchi va betakror yaratish, yangi tasavvurlarni ishlab chiqish jarayonlari mavjud. Ijodiyot ilmiy tadqiqotni barcha bosqichlarida namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, muammoni yangicha qo’yish, natijalarni yangi usulda umumlashtirish va hokazo. 4. Tafakkurni ikkita-rasional (aqliy-mantiqiy) va norasional (noongli, ong osti) turlari mavjud. Tafakkurni o’zi oliy ruhiy jarayon bo’lib, voqyelikni bilish, ya’ni, ifodalash, tushunish va o’zlashtirishni ma’naviy (ideal) shaklidir. 5. Tafakkurning rasional, aqliy-mantiqiy jihatlari tadqiqotda mantiq qoidalariga, ilmiylik normalari asosida izlanishlar olib borishda namoyon bo’ladi. Qachonki, ong osti jarayonlar, intuisiya, tasavvurlar ishga tushganida tafakkurning norasional, noongli xislatlari harakatga keladi. Har ikkila xislat - aqliy – mantiqiy va noongli, intuitiv fikrlash qizg’in olib boriladigan tadqiqotlarda yaratuvchanlik funksiyalarni bajaradilar. (1-rasm) 6. Tadqiqotchilik faoliyatida izlanish samaradorligi, birinchidan, mantiq va metodologik qoidalariga qanchalik rioya qilinishiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, norasional tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami bilan belgilanadi. 7. Tadqiqotda ikkita sikl- 1) tadqiqot rejasida belgilangan izlanish bosqichlari; 2) ilmiy-ijodning davriy bosqichlari mavjud. 8. Ilmiy ijodiyotning ikkinchi (inkubasion davr) va uchinchi (insayt) sikllari hal qiluvchi bosqichlaridir. Shu bosqichlarda kashfiyotning chaqnoqlari, yechim matrisalari hosil bo’ladi. 9. Ham aqliy-mantiqiy fikrlash, ham norasional tafakkur faolligi jarayonida namoyon bo’ladigan ijod qilish dinamikasi va ko’lami tadqiqotchi tafakkuri teranligi, uning muntazam va jiddiy mehnat qilishi bilan belgilanadi. 10. Bilish inson bajaradigan har qanday faoliyatni tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soha va faoliyat mazmuniga qarab, bilish ko’p turlarga bo’linadi. Aniqlik, chuqur va har tomonlama asoslanganlik xislatlarini mavjud bo’lishiga qarab ixtisoslashmagan va ixtisoslashgan bilish turlarini farqlaydilar. 50
12. Maqsadi, predmeti, qo’llaniladigan usullari va tatbiq qilish sohalariga qarab fundamental-nazariy, , empirik, eksperimental, texnologik, kompleks, amaliy-tajribaviy tadqiqot turlarini farqlaydilar. 13. Ilmiy bilishni boshqa turdagi bilimlardan farq qiladigan ilmiylik mezonlari (obyektivlik, aniqlik, isbotlanganlik va boshqalar) mavjud. Ilmiy tadqiqot tarkibi va bajariladigan vazifalarni ketma-ketligi jihatidan ma’lum strukturaga ega. 14. Tabiiy va ijtimoiy gumanitar fanlarda tadqiqotni birinchi bosqichida empirik izlanish (kuzatish, o’lchash, taqqoslash va boshqalar) olib borilib, obyektning tashqi, o’zgaruvchan xossalari haqida birlamchi ma’lumot to’planadi, tasniflanadi, faktlar qayta ishlab chiqiladi. Nazariy bilim darajasida olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, obyektdagi bevosita kuzatilmagan xossalar (masalan, atom strukturasida zarrachalarning orbitalarini mavjud bo’lishi) va qonuniyatlar kashf etiladi. 15. Tadqiqotda materiallar, faktlar, konseptual unsurlar (tushunchalar, aksiomalar, tamoyillar va boshqalar) bilish shakllari bo’lgan muammo, g’oya, gipoteza va nazariyalar doirajasida tahlil qilinadi va yangi muammo qo’yiladi, yangi g’oyalar, gipotezalar olg’a suriladi, yangi nazariyalar ishlab chiqiladi. Download 258.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling