3-mavzu. Fonetika. Fonologiya (2 soat) Reja


Diereza. So`z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O`zbek tilida go`sht, do`st, rost, bo`lsin so`zlari tarkibida kelgan [t


Download 196.5 Kb.
bet12/15
Sana30.10.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1734111
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

Diereza. So`z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O`zbek tilida go`sht, do`st, rost, bo`lsin so`zlari tarkibida kelgan [t] va [l] tovushlari tushirib talaffuz qilinadi: go`sh, do`s, ros, bo`sin kabi. Rus tilidagi счастливо, известно so`zlari nutqda счасливо, извесно tarzida aytiladi.
Demak, nutq tovushlari har bir til qonun- qoidalariga muvofiq ma’lum tartib bilan tutashib, birikib so`z hosil qilar ekan, so`z tarkibida aks ettirilgan harflarga nisbatan o`zgargan holda ham talaffuz etilishi mumkin. Ba’zi hollarda bu imloda ham o`z aksini toptadi.Bunda o`zbek adabiy tilidagi [-ga] qo`shimchasining variantlarini misol qilish mumkin: terak+ga=terakka, buloq+ga=buloqqa. Rus tilida безплатно-бесплатно, разсказать-рассказать so`zlarida qo`llangan jarangli [z] o`rnidagi [s] ham orfografiyada o`z aksini topgan. Eliziya hodisasiga uchragan ba’zi so`zlar ham shular jumlasidandir.


Fonologiya fonemani o‘rganuvchi soha sifatida
Fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o‘ynagan. Fonologiyaga XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshiga kelib, tilshunoslikning fonetika bobidan ajralib chiqqan alohida soha sifatida qarala boshlandi. Fonologik sathning taraqqiyotida mashhur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurtene, rus olimi N.C Trubeskoy, R. Yakobsonlarning xizmati kattadir. Turkiy tillar fonologiyasini tadqiq qilishda V.V. Radlov, E.D. Polivanov, N.K. Dmitriyevlarning tadqiqotlari ahamiyatga egadir. Umuman olganda , fonologiya nutq tovushlarning fiziologik – akustik (fizik ) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Praga funksional strukturalizmi oqimining taniqli namoyondasi N.S Trubetskoy fonetikani odam nutqining material tomoni, ya’ni artikulyatsiyasi va akustikasi haqidagi fan deb, fonologiyani esa, tildagi tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi alomatlari va funksiyalarni o‘rganuvchi fan, deb ta’riflangan edi. Bu ta’rifda tilni nutqqa, tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga qarama-qarshi qo‘yish yorqin ko‘rinadi. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishlarda berilgan nutq tovushlari bo‘lgani kabi, fonologiyaning birligi so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus “akustik portret” yoki ”tovush obrazi“ sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi, to‘g‘rirog‘i, fonemalar boshqa lisoniy birliklar kabi paradigmatik munosobatda yashaydi. Fonologik oppozitsiyalar fonemalarning farqli belgilarini o‘zida ifodalaydi. Masalan, [p]-[t] “lab – til oldi” belgisi bilan, [a]-[o] “lablanmagan- lablangan”lik belgisi bilan, [h]-[q] “bo‘g‘iz chuqur til orqa” xossalari bilan farqlanadilar.
Tilshunoslikda fonologik ziddiyatlarning turli tip va ko‘rinishlari farqlanadi. N.S Trubeskoy “Fonologiya asoslari ” asarida fonologik ziddiyatlar haqida ko‘pgina ma’lumotlar beradi. Ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli ziddiyatga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda, fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [b] va [n ] fonemalaridan biri jarangli va ikkinchisi jarangsiz bo‘lib, ular bir belgi “jarangsizlik” xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Yoki [p] va [y] fonemalaridan biri iablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi – “lablanganlik” xususiyatiga ko‘ra qarama – qarshi turadi. Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama – qarshi qo‘yiladi: [h ] [q] ziddiyatida [h] bo‘g‘iz , sirg‘aluvchi undosh bo‘lsa , [q] til orqa , portlovchi undosh sanaladi. Yoki [i]- [o] ziddiyatida [i] yopiq va lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq , lablangandir . Barqarorlik darajasiga ko‘ra zidlanishlar barqaror (doimiy) va barqaror bo‘lmagan (neytrallashgan) turlarga bo‘linadi. Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi . Masalan,til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyan bo‘ladi. Unli va undoshlar orasidagi qarama – qarshilik barqaror ziddiyatga misol bo‘la oladi. Yoki undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra, unlilarning tor – kenglik xossalariga ko‘ra, zidlanish ham barqaror ziddiyatlardir. Barqaror bo‘lmagan zidlanishda fonemaning belgisi kuchsizlanadi. Masalan, [b] fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Va bu kuchli pozitsiyadir. Ba’zi hollarda esa jarangli undoshlar so‘z oxirida jarangsizlashadi : луг (лук ), город (горот), kitob (kitop), aktiv (aktif). Bunday neytrallanish, so‘nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror ziddiyat deyiladi. Fonema va tovush munosabati invariant - variant dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli – tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (b1), (b2), (b3), (b4), (b5),….. (bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari “yig‘ildi”. Bunday umumiy xossalardan biri ularning akustik va artikulyatsion o‘xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o‘zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‘zgarishlar miqdor o‘zgarishlari darajasida bo‘lib, sifat o‘zgarishi bosqichiga yetmaydi. Masalan, [u] fonemasi “yuqori” va “lablangan”lik mohiyatiga ega. Shu boisdan nutqda [u] voqelanganda, qanchalik o‘zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur “yuqori tor”, “lablangan”lik mohiyati chegarasidan chiqmasligi kerak. Masalan, qurbaqa va kunbotar so‘zlarida 2 ta “u” tovushi va 3 ta “a” tovush mavjud bo‘lib, “u” tovush “yuqori tor, lablanganlik” umumiy belgisiga, “a” tovush “quyi keng, lablangan”lik belgisiga ega. Nutqda bu tovushlar turli miqdor o‘zgarishlariga uchrasa ham, ular “a” va “u” fonemasining varianti hisoblanadi. Kunbotar so‘zidagi “u” bilan qurbaqa so‘zidagi “u” tovushlari qattiq – yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu belgilar “u ” fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo‘lmay, balki talaffuz jarayonida “q” va “k” tovushlari ta’sirida yuzaga kelgan hodisadir. Boshqacha aytganda, kunbotar so‘zidagi “u” tovushiga xos bo‘lgan yumshoqlik, qurbaqa so‘zidagi “u”ga xos bo‘lgan qattiqlik boshqa bir fonemaning, zarraning “u” fonemasiga yopishgan taxallusidir. Bir fonema ham jarangli, ham jarangsiz bo‘la olmaganidek, “u” fonemasi ham yumshoq, ham qattiq yoki “a” fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovush sifatida voqelana olmaydi. Demak, fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Deylik ruscha город so‘zi nutqda горот tarzida talaffuz etiladi. “p” tovush jarangsizlanadi, “p” tovushi “b” tovushining varianti sanalmaydi. Bu ikki so‘zda “b” alohida va “p” alohida lisoniy mohiyat kasb etadi.
Fonema variantlari ma’no farqlash qobiliyatiga ega emas. Fonemaning o‘zi funksional ma’no farqlash xossasiga ega, ya’ni bir fonemaning nutqiy varianti o‘rnini ikkinchi bir fonemaning nutqiy varianti egallasa, so‘z ma’nosi o‘zgaradi: besh – bet, ot – o‘t, tog‘ – tosh kabi.
Ba’zi tillarda undosh fonemalar, ba’zi tillarda esa unli fonemalar ko‘p bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida 25 undosh va 6 unli fonema, nemis tilida 18 undosh va 15 unli fonema, abxaz xalqining tilida esa 68 undosh va 3 unli fonema bor. Demak, fonema va tovush bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lolmaydi va ular aynan bir narsa ham emas. Fonema umumiylik, mohiyat, sabab belgilariga ega bo‘lsa, tovush yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat kabi belgilariga egadir. Fonemaning ongdagi shartli ifodasi grafemadir. Harf esa tovushning ifodasi. Qog‘ozga tushurgan harflarimizda grafemalarning xossalari namoyon bo‘ladi. Demak, fonema bilan grafema, tovush bilan harf o‘zaro munosabatga kirishadi. Har qanday tovush fonema varianti, har qanday harf grafema varianti sanaladi. Fonema haqidagi nazariya, asosan, rus tilshunos olimlari tomonidan ishlangan .
1.Boduen de Kurtenening psixologik fonema nazariyasi mavjud.U bu nazariyasida ilk bor fonemaning umumiy tushuncha ekanligi, tovushning fonemani tallafuz qilishdagi aniq tassavur ekanligi qayd etilgan .
2.Boduen de Kurtenening shogirdi mashhur tilshunos L.B.Shcherbaning fizik fonema nazariyasi ham bor .Olim nutq jarayonida aniq talaffuz qilinuvchi yakka tovushlarni fanemalarning ottenkalari deb atagan .
3.N.S.Trubeskoyning fonologik nazariyasi. N.S.Trubeskoy ilk bor fonologik oppozitsiya (ziddiyat)larni o‘rgangan. Borliqdagi barcha narsalar bir – biriga qarama-qarshi qo‘yilib farqlanganidek, tildagi tovushlar ham oppozitsiyalar yordamida farqlanadi. Olimning ziddiyatlarning tiplari borasidagi fikrlari xususida biz yoqorida to‘xtalgan edik.
N. S Trubeskoy fonema va uning variantlari xususida ham qimmatli fikrlar aytgan. Fonema, fonologik oppozitsiyalarni o‘rganishda N.S.Trubeskoy, A.A. Reformatskiylarning nazariyalari alohida ahamiyat kasb etadi. .



Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling