3-mavzu: gap bo‘laklari, bosh bo‘laklar, EGA va uning ifodalanishi. Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama haqida ma’lumot. Kеsimning EGA bilan shaxs va sonda mosligi. Ega bilan kеsim orasida tirе ning ishlatilishstrreplA


Download 17.27 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.27 Kb.
#1820204
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama haqida ma’lumot. Kе-fayllar.org

Kesimning ot bilan ifodalanishi:
Endi navbat sizniki. (P.Q.)
Sen uning kimi bo‘lasan? (Ch.Aytmatov)
Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol)
Kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi: Bir ko‘rgan bilish, ikki ko‘rgan tanish. (Maqol)
Kesimning ravish bilan ifodalanishi:
Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p edi. (P.Q.)
Kesimning modal so‘z bilan ifodalanishi:
Oy tunda kerak, aql kunda kerak. (Maqol)
Tengdoshlari ichida undan tez chopadigani, chillak otishda undan ustasi yo‘q.(P.Q.)
Kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi:
Ellarni qutqazgan mardlarga balli!
Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli!
(M.Shayxzoda)
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
Sodda kesim va tarkibli kesim.
Sodda kesim. Yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda so‘z bog‘lamasiz kelgan ot kesimlar sodda kesim bo‘ladi. Sodda kesim ifoda materiali­ga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim.
Sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan, Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Q.) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Ayt.)
Sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalan­gan kesimdir. Masalan, Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”) Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
Tarkibli kesim. Ikki va undan ortiq co‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesim tarkibli kesim bo‘ladi. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi. Ifodalanishiga ko‘ra tarkibli kesim ham ikki xil: tarkibli fe’l kesim, tarkibli ot kesim bo‘ladi.

Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling