3-mavzu: gap bo‘laklari, bosh bo‘laklar, EGA va uning ifodalanishi. Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama haqida ma’lumot. Kеsimning EGA bilan shaxs va sonda mosligi. Ega bilan kеsim orasida tirе ning ishlatilishstrreplA


Download 17.27 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.27 Kb.
#1820204
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama haqida ma’lumot. Kе-fayllar.org


Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog‘lama haqida ma’lumot. Kе

3-MAVZU: GAP BO‘LAKLARI, BOSH BO‘LAKLAR, EGA VA UNING IFODALANISHI. KЕSIM, UNING IFODALANISHI, TURLARI. BOG‘LAMA HAQIDA MA’LUMOT. KЕSIMNING EGA BILAN SHAXS VA SONDA MOSLIGI. EGA BILAN KЕSIM ORASIDA TIRЕ (-)NING ISHLATILISHI


R E J A
1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot.
2. Gapning bosh bo‘laklari.
3. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari.
4. Gap bo‘laklarida tinish belgilarining ishlatilishi.


Tayanch iboralar: Grammatik asos, gap bo‘laklari, ega va kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, fe’l kesim; ot kesim, sodda kesim va tarkibli kesim.
Dars maqsadi: Talabalarga gap qurilishida gap bo‘laklarining roli, gapning grammatik asosi – bosh bo‘laklar - ega va kesim; ikkinchi darajali bo‘laklar - aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, ularning fikr anglashuvidagi ishtiroki haqida ma’lumotlar berish.
Dars vositalari: Ko‘rgazmali vositalar, slaydlar.
Dars metodi: Blits so‘rov, an’anaviy ma’ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni:
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqeyi bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashil­maydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.
Gapning bosh bo‘laklari.

Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling