3-mavzu: gimnastikada tayyorgarlik turlarining o‘rni reja


Akrobatik (tramplin) mashqlar


Download 34.21 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi34.21 Kb.
#1472458
1   2   3   4
Bog'liq
3mavzu smo3

7. Akrobatik (tramplin) mashqlar — jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo‘sh!ig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi. Ularni funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqiarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo‘shimcha, maxsus jismoniy tayyor- garlik) takomillashtirish uchun qo‘l!anishga imkon yaratadi. Akrobatik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila­digan voltej' elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
Guruh bo‘lib bajariladigan oddiy piramidalar ham akrobatik mashqlarga kiradi.
8. Sakrashlar (tayanibja tayanmasdan) umumrivojlantiruvchi mashqlar sohasiga kiruvchi sakrash, tashlanish, qo‘l va oyoqlar bilan depsinish natijasida uchish fazasini hosil qilishdan farqlanadi. Harakatlarni bajarishning aniqligi (chaqqonlik, tezkorlik, kuch) irodaviy jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Sakrashlar mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlik, malaka va ko‘nikmalarni shakllanishida (to‘siqlardan sakrab o‘tish, qo‘nish, yuqoriga va yuqoridan pastga sakrashlar) qo‘llaniladi. Tayanib sakrashlar sport gimnastikasida ko‘pkurashning bir turi sifatida musobaqalar dasturidan o‘rin olgan.
9. Jihozlarda bajariladigan mashqlar— o‘zining bajarilishi tayanch holati, gavda harakati xususiyati, sport jihozlari tuzilishi bilan ajralib turadi. Sport gimnastikasida erkaklar (ot, halqa, qo‘shpoya, yakkacho‘p) va ayollar (turli balandlikdagi qo‘shpoya, xoda) ko‘p kurashlarda ishtirok etib, turli jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu jihozlar ayrim mashqlarni bajarishda gimnastikaning sog‘lom- lashtirish yo'nalishidagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Dastakli otda ko‘pgina umumrivojlantiruvclii mashqlar (gavdani ortga egish, tashlanishlar)dan foydalaniladi. Mashq bajarishda jihozlardan foydalanishda bunday yondashish turli yoshdagi, jinsdagi va tayyorgarligi har xil bo‘lgan shaxslar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilganda qo‘l keladi.
Sport jihozlari vositasida bajariladigan mashqlar shakli, murakkablik darajasi bo‘yicha ko‘p qirrali bo‘lib, shug‘ullanuvchilar organizmiga o‘ziga xos ta’sir etadi. Bundan shu narsa kelib cliiqadiki, mashg‘ulotlar jarayonida gimnastika sporti jihozlari bajariladigan mashqiarning harakat-tayanch apparatiga bo‘lgan ta’siri beqiyosdir. Bu mashqlar qo‘l, elka-bo‘g‘in mushaklarini rivojlantiradi. CHunki bir talay mashqlar qo‘llarda tayanib yoki osilgan holatda bajariladi. SHuning uchun ham gimnastika sporti bilan shug‘ullanadiganlar o‘z qaddi-qomatining tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Hozirgi paytda an’anaviy gimnastika jihozlaridan tashqari ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo‘lmoqda. Bu trenajorlar ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini oshirishda katta foyda beryapti.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan gimnastika turlari mazkur sportning umumiy yo'nalishi asosini o‘zida saqlab qoladi. Ammo nimagamo‘ljallanganligi, mashqiarning o‘ziga xosligi va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana shu tariqada ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi pedagogik maqsad va vazifalarni echish uchun mashqlar tanlashni osonlashtiradi.
Muhim ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash­tirish, mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o‘yinlar ham qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda o‘yinlarning musoba- qalashuv belgilariga ko‘proq e’tibor beriladi.


1  Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y. 238-245 b.

Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling