3-mavzu: Himoyalangan yer inshootlari turlari, tuzilishi va vazifalari

Download 211.16 Kb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi211.16 Kb.
#1244952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-amaliy ish

Ilitilgan yer. O’stiriladigan ekinlar noqulay ob-havo sharoitlaridan (sovuq va past haroratdan) eng oddiy inshootlar yoki usullarda himoyalaydigan yer uchastkalari isitilgan yer deb ataladi. Bunga katta kapital mablag’ talab qilinmaydi, lekin hosil ochiq dalanikidan 2-3 hafta erta yetiladi. Natijada 2-3 martagacha issiqxonanikidan arzonga tushadi. Bundan tashqari isitilgan yerda dala uchun ko’chatlar yetishtiriladi. U isitiladigan va isitilmaydigan xillarga bo’linadi.

  • Isitilmaydigan yerda ko’chat yetishtiriladigan jo’yaklari bo’lib, ular usti material bilan yopiladi. Eni 1,5-2,0 metrli transheyadan iborat.
  • Isitiladigan yer biologik va texnik usullarda isitiladi. Biologik usulda isitish uchun qalinigi 20 sm tuproq tagiga 30-35 sm qalinlikdagi qizigan go’ng solinadi. Texnik usulda isitish esa issiq suv yoki elektr tokidan foydalaniladi. Isitilgan yer tuprog’ining issig’ini saqlashda yorug’lik o’tkazuvchi plyonklar ishlatiladi. Uning usti sinchsiz yopilganda tekis yuzasiga plyonka yoyilib, chekkalariga tuproq bostiriladi. Urug’ ekishda birdan plyonka ham yopiladi va maysa paydo bo’lishi bilan yig’ishtirib olinadi.
  • Sinchli yopilganda uning 3 xili: yoysimon (tonnelli), chodirsimon va yer sinchlaridan foydalaniladi. Yoysimon sinchlar yoki yoylar diametri 4-6 mm va uzunligi 1,5-2 metr simlar yoki daraxtlarning egiluvchan xivichlaridan yasaladi. Ular bir-biridan 1,0-1,5 m oralatib, uchlari 15-20 sm qadaladi. Yoylar o’zaro kanop ip bilan bog’lanadi. Ip soyabon uzunligi bo’ylab 3 qator o’tkaziladi. Sinchning tepasiga 135-200 sm enlilikda plyonka tortiladi. Plyonka ustidan 3-4 m oralatib qisqich yoylar tushirib mahkamlanadi. Plyonkaning har ikki tomoniga tuproq tortiladi. Plyonka uchki tomonlari qoziqchalarga bog’lab qo’yiladi. Yoysimon sinchlarga plyonka tortishda har gektarga 800-1000 kg plyonka, 6-7 ming yoy, 250-300 dona qoziqcha va 20-25 kg kanop ip kerak bo’ladi.

Download 211.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling