3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt


Download 233.34 Kb.
bet11/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)

Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt
1000 000 600 000 600 000
540 000 540 000
Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig’i ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet “Xodimlar bilan mehnat haqi” yuzasidan hisob-kitob.
Kredit “Byudjet bilan hisob-kitob”
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi.
170 000 – 120 000 = 50 000
Xato yozuv to’g’rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli schyotlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «qizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi.


3.10. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog’liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog’liq bo‘ladi:

  • korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;

  • korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.

Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • memorial order shakli

  • bosh daftar shakli

  • jurnal order shakli

  • elektron-avtomatlashtirilgan shakl

Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:

  1. Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.

  1. Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.

  2. Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.

  3. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.

  4. Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.


Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling