3-mavzu. Ijtimoiy menejment XX asr oxiri XXI asr boshi boshqaruv madaniyatining ko’rinishi
Download 42.87 Kb.
|
3 мавзу
3-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT - XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHI BOSHQARUV MADANIYaTINING KO’RINISHI 1. Zamonaviy boshqaruv madaniyati 2. Yaponiyada boshqaruv tizimini shakllanishi 3. Tashkil etish madaniyati kontseptsiyasi Zamonaviy boshqaruv madaniyati Jamiyatni boshqarishning zamonaviy muammolari echimida madaniy omilning roli ortmoqda va kelajakda ortib boradi. Bu qator holatlar bilan izohlanadi. Birinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy nazoratchilari axborot inqilobi talablari (iqtisodiy, huquqiy, siyosiy) bilan birga tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o’zaro bog’liq kuchlarning yig’indisi sifatida kengayib tizim ko’rinishiga kelmoqda va o’z ta’sir maydonini kengaytirib, jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda. Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda va rivojlangan davlatlarda 50%gacha etdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari - inson va aqldan oqilona foydalanishdagi ma’suliyat va mohiyatni oshiradi. Boshqarish madaniyatining belgilangan bir qancha madaniyat qismlari mavjud. Madaniyatning asosiy elementlari odam bilimi, xissiyotlari, kayfiyati, boshqaruv, falsafiy va iqtisodiy kontseptsiyalari, fikrlash jarayonlari bo’lib hisoblanadi. Biroq, belgilangan madaniyatning manbalari bo’lgan boshqaruv mahorati, turmush sharoiti, urf-odatlar, tantanalar, jamiyat munosabatlari va boshqalarsiz, umumiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va moddiy - ma’naviy ne’matni iste’moli bo’lmaydi. Madaniyatning asosiy masalasi - inson o’zini takror ishlab chiqarish, uning bilimi, yangiliklari, moddiy va ma’naviy ne’matlarini hal qilish hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, boshqaruv madaniyati elementlarini umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) kayfiyat, ong muvofiqligi; jamiyat munosabatlari namuna, me’yorlar va bilimlarni mujassamlashtirgan tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir; boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’ektiv zaruriy unsuridir. Xususan, boshqaruv madaniyatini boshqaruv faoliyatining ma’lum bosqichidagi boshqaruv bilimlari, hissiyotlari, ne’matlari, boshqaruv va tashkiliy munosabatlar yig’indisi sifatida tushinish mumkin. Uning shakllanish mexanizmi quyidagicha bo’lishi mumkin: bilimlar, boshqaruv kontseptsiyalari, loyihalari, dasturlarining shakllanishi; boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi; boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag’batlantirish; jamiyatda jamoat institutlari, davlat, qonunlarga hurmatning tasdiqlanishi; boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. Boshqaruv madaniyatida oqilona boshlanish, bilim, zamonaviy kontseptsiyalar, ilmtalab texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv asosining zamonaviy bilimlarisiz jamiyatni shakllantirib bo’lmaydi. Boshqaruv - bu yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot, jamiyat maqsadlariga erishishdir. XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi. Lekin ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, echish usullari eskiligicha qolmoqda. Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi bo’lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyatlarning ko’pligi - bu konfrontatsiyaning ko’payishi uchun asos emas, balki tolerantlik - o’zaro chidam, odamlarning o’zaro tushunishi uchun sharoitdir. Lekin bu hozircha sodir bo’lmayapti. O’zini o’tab bo’lgan «an’anaviy» va «kuchli» madaniyatlar na’munalari dunyoga, uning alohida regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib, sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator progressiv o’zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun tsivilizatsiyani bunday zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne’matlar, xaqiqatni anglash usullarini tezda almashtirish sharoitidagina mumkin. Jamiyatni zamonaviylashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo’lishi va doimo uni ta’minlashi, sur’at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati «parametrlarini», uning alohida regionlari, mehnat assotsiatsiyalarini o’zgartiribgina, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqish mumkin. Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan tezroq o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli qo’yilmalar ko’maklashadi. Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi. Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi. Download 42.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling