3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi


Download 21.62 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1469898
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi (2 soat ma’ruza).

Darsning maqsadi

Talabalarga Informatikava axborot texnologiyalari fanini o’qitishning uzluksiz tizimi haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash.

Darsning rejasi

  • O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishidagi fanlar

  • Maktablarning boshlashg’ich sinflarida informatikani o’rganish

  • Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti

Dars turi

Ma’ruza, bahs-munozara, aralash.

Dars bosqichlari va
dars taqsimoti

  1. Tashkiliy qism

  2. Yang mavzu bayoni

III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash

O`quv jarayonining mazmuni

Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuter, proyektor
Usul: og`zaki, yozma, taqdimot.
Baholash: 5 baho tizimida.

Uyga vazifa

  1. Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.



O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishidagi fanlar


O’zyekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishi, o’ziga xos va o’ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko’rib chiqish zaruratini tug’dirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko’lami va xususiyatlarini o’zida aks ettirdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g’oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog’liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o’zgarishlar samarasi haqida gap bo’lishi ham mumkin emas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika» yo’nalishini tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot tyexnologiyalari» kabi kurslarni o’qitish muammosidir.
«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko’rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o’zgarishlar sodir bo’layotgan hozirgi jarayonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o’zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o’sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o’z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amal oshirishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruratining zamini, asosi bo’lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

  • kompyutyerlar, axborot va kommunikatsion tyexnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;

  • O’zbyekiston Ryespublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyutyerlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo’llarini izlash zarur;

  • kompyutyer ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o’quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kyengaytiradi, fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kyengaytiradi, o’quv faoliyatini boshqarish usullarini o’zgartiradi, o’qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va hokazo;

  • zamonaviy kompyutyerlarda grafik intyerfyeys, «do’stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yutyer bilan byemalol muloqot qilish imkonini byeradi;

  • kompyutyer savodxonligi natijasida bolalar rivojlanib borayotgan dunyoda kyelajak hayotga va moddiy farovonlikka yerishishga yaxshiroq tayyor bo’lishlari mumkin;

  • zamonaviy kompyutyer tyexnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.

Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va undan kyeyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pyedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistyemasiga asoslangan:

  • kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kyerak;

  • informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks yettirishi kyerak;

  • informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kyechish lozim;

  • informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kyerak;

  • ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u byerish asosidagina amalga oshirish mumkin;

  • shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;

  • o’qish vaqti ryesurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil yetish foydasiga qayta taqsimlash.

  • Maktabgacha ta’lim

  • Boshlang’ich ta’lim (informatikaning propyedyevtik kursi).  Umumiy o’rta ta’lim (5-9 sinflar, tayanch ta’lim).

  • Akadyemik litsyey va kasb-hunar ta’limi (tayanch ta’lim).

  • Bakalavriat.

  • Magistratura.

  • Aaspirantura, doktorantura, ad’yunktura.

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash.

Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling