3. Mavzu: Internet-marketing ta'rifi, uning maqsadlari


Internet-marketingning asosiy maqsadlari


Download 74.51 Kb.
bet2/4
Sana13.11.2023
Hajmi74.51 Kb.
#1769584
1   2   3   4
Bog'liq
3 mavzu

3.2 Internet-marketingning asosiy maqsadlari


Internet-marketingning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

  • Kompaniyalarning internet-resurs (sayt)iga kirishni oshirish, potensial mijozlarni ko‘proq miqdorini jalb etish;

  • Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;

  • Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va xizmatlarni sotuvini ko‘paytirish;

  • Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya imidjini yaxshilash;

  • Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya brendining tanilishini oshirish;

  • Maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida analitik tadqiqotlar o‘tkazish;

  • Internet-resurs (sayt) tashrif buyuruvchilarini doimiy obunachilarga aylantirish ishlari;

  • Kompaniyalarning marketing xarajatlarini qisqartirish.

Ma'lumki, an'anaviy marketingning bazaviy modellaridan biri – 4R marketing majmui bo‘lib, u yerda bozor maqsadlariga erishishning asosiy vositalari Price (Narx), Product (Produkt), Promotion (Reklama) va Place (Joy)lardir:




1-rasm Marketing


Price (Narx) – narxning belgilanishi yoki kompaniyaning narx siyosati. Kompaniyaning bozorga chiqish strategiyasi narxga bog‘liq.
Product (Produkt) – kompaniyaning bozorda taklif qila oladigan mahsuloti yoki xizmati.
Promotion (Reklama) – marketolog mahsulot obrazini yaratgan vositalar, uning bozordagi o‘zlashtirilishi. Ularga reklama, PR (public relation), marketing kommunikasiyalari kiradi.
Place (Joy) – mahsulotni sotish joyi. Bunda sotish punktlari, logistika va hisob-kitob hisobga olinadi.
Internet-marketing bozor maqsadlariga erishish uchun boshqa vositalar to‘plamiga ega bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir (1- rasm):

  • Kontent - marketing;

  • Trafik;

  • Qidiruv reklamasi (SEO);

  • Kontekstli reklama;

  • Targeting;

  • Konversiya;

  • Yuzabiliti (usability).

Kontent-marketing – bu maqsadli auditoriyani jalb etishga qaratilgan uzoq muddatli marketing strategiyasidir.
Trafik–Internet-marketing holatida kompaniya internet-resursi (sayti)ga kirganlar soni.
Qidiruv reklamasi (SEO) – foydalanuvchilar talabnomasiga ko‘ra qidiruv natijalari bo‘yicha yanada yuqori pozisiyalarga ega bo‘lish maqsadida kompaniya internet-resurs (sayt)ini yaxshilash tadbirlari.
Kontekstli reklama – bu kompaniyaning Internetdagi matn yoki banner ko‘rinishidagi reklamasi.
Targeting – bu muayyan mezonlar (yosh, jins, qiziqishlar) bo‘yicha maqsadli auditoriya tanlash vositasidir.
Konversiya – bu foydalanuvchilarning kompaniya internet-resurs (sayt)iga bo‘lgan tashriflar sonining nisbati bo‘lib, bunda maqsadli auditoriya tashriflarining umumiy soniga nisbatan qandaydir harakatlar amalga oshirilgan.
Yuzabiliti – kompaniya internet-resurs (sayt)idan foydalanish qanchalik qulayligini ko‘rsatuvchi tavsif.



2– rasm. Internet-marketing vositalari


Internet-marketingning ushbu vositalari haqida darslikning keyingi bo‘limlarida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.



Download 74.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling