3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari


Kom’leks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma`lumotlardan foydalanish


Download 80.68 Kb.
bet9/11
Sana25.02.2023
Hajmi80.68 Kb.
#1228066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari

Kom’leks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma`lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma`lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:

  1. Boshlang’ich hujjatlar- hisob, statistika normativ ma`lumotlar kom’ yuterning xotirasiga qo’yilib faqat bir xil manba, ya`ni mashina xotirasiga olinadi;

  2. Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma`lum sekundlarda bajariladi;

  3. Ta`sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko’rsatib beradi;

  4. Tahlil uchun kerakli ma`lumotlar va tahlil natijalari o’rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi;

  5. Turli xil iqtisodiy ma`lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi ancha iqtisodiy samarodorlikka olib kelar ekan.
4. Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish usullari

Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbaalarni ishonchliligini, aniqliligini va to’g’riligini tekshirish natijalarni samarali bo’lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbaalarning turli- tumanligi, sermazmunliligi va ko’’ligi ularning sifatli shakllanishiga e`tiborni qaratilishni taqozo etadi. Odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma`lumotlar manbai yig’iladi. Ushbu ma`lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma`lumotlar to’g’riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig’ilgan ma`lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:



  1. Texnik (yuzaki) tekshirish;

  2. Mazmun jihatidan tekshirish.

Texnik tekshirish, axborot manbaalarini arifmetik jihatidan to’g’riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligini e`tiborga olgan holda o’rganishdir. Yuzaki tekshirishda hisobotga barcha ma`lumotlarni kiritilganligi, ularning arifmetik yig’indisi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot shakllarining bir-biri bilan bog’liqligi, hisobotni to’shirish muddati, mansabdorlarning imzosi tekshiriladi.

Download 80.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling