3-mavzu: iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik


Yh – Yp YuZ= ----------------- 100


Download 76.62 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi76.62 Kb.
#1390656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK

Yh – Yp
YuZ= ----------------- 100
Yp
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to`liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo`lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo`q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo`lsa, YaIM uzilishi shuncha ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo`ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o`rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya‘ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
YaIMning pastroq darajasi o`z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo`lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo`qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig`ida deb hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u*ishsizlikning tabiiy darajasi; u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: Yh – Yp
------------- 100 = - β [ u –u*] Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog`liqlikning teskari jihatiga e‘tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o`sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya‘ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o`sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi sonining ko`payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo`ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo`lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o`sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o`sish ta‘minlanishi kerak.

Download 76.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling