3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


-jadval O`zbekistonda 2004-2008 yillarda davlat ob`ektlarining xususiylashtirilishi


Download 104.54 Kb.
bet10/13
Sana23.12.2022
Hajmi104.54 Kb.
#1044029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

3.7-jadval
O`zbekistonda 2004-2008 yillarda davlat ob`ektlarining xususiylashtirilishi

Yillar

Xususiylashtirilgan ob`ektlar soni

Xususiylashtirishdan tushgan pul mablag’lari, mlrd. so`m

2004

1228

78,4

2005

980

80,5

2006

673

70,5

2007

631

111,1

2008

392

130,6

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari.
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo`naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo`naltirilganligi uy-joylarning o`z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko`proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo`llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o`z yordamchi xo`jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O`zbekistonda xususiylashtirishning to`lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to`lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob`ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo`ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro`yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo`li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o`zini qo`llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta`minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to`lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikamizda xususiylashtirish bo`yicha qo`yilgan vazifa – davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o`ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo`lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

Download 104.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling