3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Download 104.54 Kb.
bet11/13
Sana23.12.2022
Hajmi104.54 Kb.
#1044029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Xulosalar
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion, madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o`zgarishi kabi jihatlar bo`yicha yondashuvlar mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo`jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o`z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.

  1. Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o`zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o`rtasidagi munosabatlar majmuasidir.

4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma`naviy ne`matlarni o`zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob`ektni o`zlashtirish va foydalanish borasida sub`ektlar o`rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub`ektning ob`ektga nisbatan bo`lgan munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda ularni bir-biriga o`zaro ta`siridir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o`rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari).

Download 104.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling