3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja


Download 253.21 Kb.
bet1/14
Sana23.12.2022
Hajmi253.21 Kb.
#1043973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mavzu. IAKT fanidan


3-MAVZU. IQTISODIYOTDA FOYDALANILADIGAN DASTURIY MAHSULOTLAR.(4 SOAT)


REJA:

  1. Dasturiy ta’minot tushunchasi. Dasturiy mahsulotlarni qo’llash sohasi bo’yicha tasniflanishi.

  2. Amaliyot tizimlari (AT). AT to’g’risida dastlabki ma’lumotlar

  3. Dasturiy ta’minotning darajalari

  4. Аmаliy dаsturlаr vа ulаrning to’plаmi (pаkеti).

  5. Elektron hujjatlar



ISHDAN MAQSAD: Dasturiy ta’minot tushunchasi. Dasturiy mahsulotlarni qo’llash sohasi bo’yicha tasniflanishi. Tizimli dasturiy ta’minot. Bazaviy dasturiy ta’minlash. Servisli dasturiy ta’minlash. Operatsion qobiqlar. Amaliy dasturlar paketlari haqida ma’lumotlar berish


TAYANCH IBORALAR: Dasturiy ta’minot, dasturiy mahsulotlar, tizimli dasturiy ta’minot, bazaviy dasturiy ta’minot, servisli dasturiy ta’minlash, operatsion qobiqlar, amaliy dasturlar paketlari
QO’LLАNILАDIGАN TА’LIM TЕXNОLОGIYALАRI: diаlоgik yondоshuv, muаmmоli uslub, bahs munozara, suhbat


1.Dasturiy ta’minot tushunchasi. Dasturiy mahsulotlarni qo’llash sohasi bo’yicha tasniflanishi.
SHKning dasturli ta’minoti tarkibi uning muhim funksional tavsifi hisoblanadi.
Dastur ta’minoti (DT) — bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchining masalalarini yechish uchun zarur va hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko’p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarfni ta’minlaydi.
Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog’liq holda, uni quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin:

  1. Tizimli dasturiy ta’minot

  2. Amalaiy dasturiy ta’minot

  3. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot

  4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan.
Xizmat ko’rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi va ShK uchun xizmat qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK optimal holatda ishlashini ta’minlash mumkin.
Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot hamda xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin.

Download 253.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling