3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar.(4 Soat) reja
Download 253.21 Kb.
|
3-mavzu. IAKT fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muharrirlar.
Umumiy vazifadagi ADP - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:
-matnli (matnli protsessorlar) va grafik muharrirlar; -elektron jadvallar -ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); -integratsiyalangan paketlar; -CASE-texnologiyalar; -ekspert tizimlar qobiqlari va sun’iy intellekt tizimlari. Muharrirlar.Muharrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiyalarni yaratish va o’gartirishlar uchun mo’ljallangan ADPga aytiladi. Ular asosan firmada hujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Muharrirlarni o’z funksional imkoniyatlariga ko’ra matnli, grafik, nashriy tizimlarga bo’lish mumkin. Tekstli (matnli) muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish; matnni terib tayyorlash. Microsoft word Word Perfect (hozirda Corel firmasiga tegishli), ChiWriter, Multi-Edit (American Cibernetics) va boshqalarning matnli muharrirlari keng tarqalgan. Grafik muharrirlar diagramma, illyustratsiya (bezaklar), chizma va jadvallarni o’z ichiga olgan grafik hujjatlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Figura va shriftlar o’lchamini boshqarish, figura va harflarni ko’chirish, turli tasvirlar hosil qilishga yo’l qo’yiladi. Ancha mashhur grafik muharrirlardan PC Paintbrush, Boieng Graf, Fantavision va boshqalarni keltirish mumkin. Nashriy tizimlar o’ida matnli va grafik muharrirlar imkoniyatlarini birlashtiradi, grafik materiallardan sahifani shaklga keltirish va uni bosishga tayyorlash bo’yicha rivojlangan imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriy ishlarda foydalanishga yo’naltirilgan va sahifalash tizimlari deb ataladi. Shunday tizimlardan Adobe firmasining PageMaker va Corel korporatsiyasining Ventura Publisher mahsulotlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Download 253.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling