3-mavzu: Iqtisodiyotning turli sohalarida davlat-xususiy sherikligining amalga oshirilishi


Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi


Download 58.51 Kb.
bet14/15
Sana30.01.2024
Hajmi58.51 Kb.
#1817244
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-mavzu

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

  • jamoat manfaatlarining ustuvorligi;
  • qonuniylik;
  • davlat-xususiy sheriklik haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno;
  • kamsitmaslik, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlarining teng huquqliligi;
  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha majburiyatlarning tomonlar tomonidan vijdonan bajarilishi;
  • xavf-xatar va majburiyatlarning davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
  • davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘zaro munosabatlarining tortishuv va shartnomaga asoslanishi.

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:

  • loyihani davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish asosi;
  • sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari;
  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, yaratilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, moliyalashtirilayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan jamoat infratuzilmasining tarkibi va parametrlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan (xususiy sherikka er uchastkasi ajratilishi ko‘zda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha) vakolatli organlar va tashkilotlarning er uchastkasi tanlash bo‘yicha hujjatlari va xulosalari, er uchastkasining maydoni va joylashgan joyi;
  • xususiy sherik tomonidan kiritilishi kutilayotgan investitsiyalar hajmi va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetidan taxminiy moliyalashtirish hajmi;
  • davlat va xususiy sheriklar majburiyatlari;
  • xususiy sherikka taqdim etiladigan davlat yordami;
  • yakuniy muzokaralar o‘tkazish muddatlari;
  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim ob’ektidan foydalangan holda taqdim etiladigan xizmatlardan yakuniy iste’molchilarning foydalanish shartlari.

Download 58.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling